Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta'lim kengaşini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining oliy ta'lim tizimida xalqarolaşuvni kengaytiriş, ta'lim sifati va mazmundorligini oşiriş hamda korrupsion harakatlarga çek qöyiş va uning şaffoflik, xolislik va obektivligini ta'minlaş maqsadida Respublika oliy ta'lim kengaşini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilişi mumkin.

Quyidagilar Kengaşning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

oliy ta'lim tizimini rivojlantiriş böyiça keng jamoatçilik fikrini örganiş va strategik vazifalarni aniqlaş, oliy ta'lim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qiliş va ta'limda uzviylikni ta'minlaşga qaratilgan takliflar işlab çiqiş;

ta'lim sifatini oşiriş, ta'lim tizimidagi şaffoflik, xolislik va obektivlikni ta'minlaş, korrupsion harakatlarga çek qöyiş hamda ularning yeçimiga qaratilgan vazifalarni amalga oşiriş böyiça takliflar kiritib boriş;

oliy ta'lim tizimini bilimli, adolatli ilmiy-pedagogik kadrlar bilan ta'minlaş yönalişlarini belgilaş böyiça takliflar kiritib boriş;

iş beruvçilarning hududiy joylaşuvi hamda hududlarning strategik rivojlaniş istiqbollariga asosan kadrlarga bölgan real ehtiyojni örganiş, istiqbolli bakalavriat ta'lim yönalişlari hamda magistratura mutaxassisliklari böyiça kadrlar tayyorlaş yuzasidan takliflar tayyorlaş;

rivojlangan xorijiy davlatlarning ilğor tajribalarini örganiş va oliy ta'lim tizimiga joriy etiş böyiça takliflar işlab çiqiş;

xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olgan va tadqiqot işlarini olib borayotgan vatandoşlar bilan oliy ta'lim muassasalarining hamkorligini taşkil etiş;

oliy ta'lim muassasalarining milliy va xalqaro reyting körsatkiçlarini muntazam ravişda tahlil qilib boriş va ularning yillik ösiş dinamikasini ta'minlaş böyiça taşkiliy masalalarda kömaklaşiş;

oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnik va laboratoriya bazasini mustahkamlaş, işlab çiqarişdagi muammolarni örganiş, yeçimi böyiça tavsiyalar tayyorlaş hamda ilmiy tadqiqot natijalarini xalqaro jurnallarda naşr qiliş orqali oliy ta'limning nufuzini oşirişga kömaklaşiş;