Peru prezidenti Martin Viskarra kongressni tarqatib, 2020 yil 26 yanvarda parlament saylovlari ötkazilişini e'lon qilgaç, parlament bunga javoban prezidentni vaqtinçalik layoqatsiz deb e'lon qilib, uning örniga vitse-prezident Mersedes Araosni tayinladi. 

Araos prezidentning kongressni tarqatiş qarorini noqonuniy deb atagan.

Parlament, şuningdek, BMT Boş assambleyasi va Amerika davlatlari taşkilotiga “demokratiyaga tahdid solinayotgani” haqida maktub yöllagan.   

Prezident lavozimini 2018 yil 24 martdan egallab kelayotgan Viskarra deputatlar uning konstitutsion sud islohotiga qarşi çiqqanlari uçun parlamentni tarqatmoqçi bölgan.