Zelenskiy Baydenga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atishdan bosh tortdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina hukumati boshqa davlatlar buyrug‘iga ko‘ra tergovlar olib bormasligini aytdi.
“Bizga nimanidir qilishni buyurmaslik kerak. Biz mustaqil davlatmiz. Biz ochiqmiz, biz tergov qilishga tayyormiz, biroq buning menga daxli yo‘q”, deb aytgan Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Tramp bilan suhbatda hamkasbi undan AQShning sobiq vitse-proyezidenti Jo Baydenning o‘g‘liga qarshi tergovni boshlashni so‘raganiga shama qilib.
Zelenskiyning aytishicha, Oq uydan farqli, Kiyev jamoatchilikka uning Tramp bilan suhbati matnini taqdim qilmaydi. “Chop etish noto‘g‘ri bo‘ladigan ba'zi nozik narsalar bor”, deb tushuntirdi buni Ukraina prezidenti.
Avvalroq ma'lum qilinganidek, AQSh kongressi Trampning Zelenskiy bilan iyuldagi suhbati sababli AQSh prezidentiga nisbatan impichment jarayonini boshlagan. Aniqlanishicha, Tramp Kiyev Baydenning o‘g‘li Xanterning Burisma gaz kompaniyasidagi faoliyatini tergov qilishini istagan. Bu esa Trampning 2020 yilgi prezident saylovlari bo‘yicha asosiy raqibi bo‘lishi kutilayotgan Jo Baydenning reytingiga salbiy ta'sir ko‘rsatgan bo‘lardi.
Mavzuga oid
15:50 / 25.12.2024
Zelenskiy: Slovaklarga RFdan gaz uchun tovon puli taklif qilingan
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
18:44 / 21.12.2024
Zelenskiy bir qator ukrainalik diplomatlarni ishdan oldi
07:55 / 20.12.2024