Rossiya BMT Xavfsizlik kengaşida raislikni yakunlab, estafetani Janubiy Afrika respublikasiga topşirdi.
JARning BMTdagi doimiy vakili Metyus Matjila mamlakati BMT Xavfsizlik kengaşida raislik qiliş vaqtida birinçi navbatda Afrika qit'asi muammolariga e'tiborni mujassamlaştirişiga va'da berdi va 7 oktyabrdayoq tinçlik va xavfsizlik böyiça oçiq debatlar ötkazadi.
Matjilaning aytişiça, BMT tinçlikparvar missiyalari formatini yangi çaqiriqlarga moslaştiriş uçun özgartirişi lozim.
Oktabr oxirida Xavfsizlik kengaşi missiyasi Efiopiya poytaxti Addis-Abebaga taşrif buyurib, Afrika ittifoqining tinçlik va xavfsizlik kengaşi bilan Saxel mintaqasi va Malidagi vaziyat böyiça maslahatlaşuvlar ötkazadi.
Bundan taşqari, yaqin oradagi uçraşuvlar kun tartibida Suriya, Yaman va Kolumbiyadagi vaziyatlar muhokamasi bor.
Xavfsizlik kengaşida raislik qiliş har oy yangi davlatga ötadi. Noyabrda unda Britaniya, dekabrda esa AQŞ raislik qiladi.












