Valentina Matviyenko Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi haqida ma'lumot berdi
Rossiya Federatsiyasi kengashi Federal Majlisi Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Bugun, 2 oktabr kuni martabali mehmon Oliy majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashdi.
Rasmiy tashrif Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qo‘yish bilan boshlandi. Shundan so‘ng, tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlandi. Unda o‘tgan vaqt mobaynida ikki tomonlama parlament muloqoti faollashgani va yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi.
Uchrashuv davomida Tanzila Norboyeva joriy yil 22 dekabrida o‘tkaziladigan parlament saylovlari haqida Federatsiya kengashi va MDH Parlamentlararo assambleyasi vakillariga ma'lum qildi.
Shuningdek, ikki o‘rtadagi hamkorlikni rivojlantirish uchun o‘zaro imkoniyatlardan foydalanish taklif etildi. Valentina Matviyenko Tanzila Norbayevaning o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullangani haqida eslatib, ustoz va murabbiylar kuni bilan tabrikladi.
Uchrashuv yakunlanganidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi tahliliy huquqiy boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Senatdagi uchrashuv so‘nggida Tanzila Norboyeva va Valentina Matviyenko ommaviy axborot vositalari bilan uchrashdi.
«O‘tgan yili Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin tashrifi davomida birinchi marta forum o‘tkazilgandi. Biz keyingi yil fevral oyidagi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Mazkur tashrif davomida ikkinchi forum o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, tashrif davomida birinchi gumanitar forum o‘tkaziladi». – deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
13:09
Migrantlar allaqachon Rossiyadan boshqa tomonga qaramoqda – rossiyalik gubernator
12:48
Bokudagi deputat: Rossiya samolyot halokati uchun uzr so‘rashi kerak
10:31
Rossiyaning Sumi oblastini o‘qqa tutishi: 300 dan ortiq portlash, bir kishi halok bo‘ldi
19:17 / 26.12.2024