Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norboyeva Rossiyani O‘zbekistonning eng sodiq va ishonchli do‘sti deb atadi
Rossiya O‘zbekiston uchun eng sodiq va ishonchli do‘stdir. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva ma'lum qildi.
«Rossiya biz uchun eng sodiq va ishonchli do‘stdir. Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston bilan strategik munosabatlarga katta ahamiyat berishini bilamiz. Mamlakatimizda Rossiyaning yutuqlari, uning global miqyosdagi roli va ahamiyati mustahkamlanishidan chin dildan xursand bo‘lishadi», - dedi u O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi Federatsiyalar kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashuvda.
«Bizning munosabatlarimiz boshqa mamlakatlar uchun namuna hisoblanadi», - deya qayd etib o‘tdi Norboyeva.
1 oktabr kuni Valentina Matviyenkoning O‘zbekistonga tashrifi boshlandi. Bugun, shuningdek, Oliy Majlis Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal yig‘ini Federatsiyalar kengashining hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026