Özbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan 2019 yil 1 oktabr kuni Özbekiston-Rossiya işbilarmonlar kengaşining navbatdagi majlisi ötkazildi.

Tadbirda Özbekiston Respublikasi Oliy majlis Senati a'zolari, Rossiya federatsiyasi Federal majlisi Federatsiya kengaşi a'zolari iştirok etişdi.

Uşbu majlisda Özbekiston va Rossiya örtasida bojxona tartib-taomillarini soddalaştiriş böyiça «yaşil yölakça» tizimi yölga qöyilgani, bu esa öz navbatida Özbekistonda yetiştirilgan höl va quritilgan meva-sabzavotlar hamda işlab çiqarilayotgan mahsulotlarni Rossiya Federatsiyasining turli hududlaridagi xaridorlariga yetkazib beriş jarayonini tezlaştirişga, mahsulot hajmini oşirişga imkon bergani ta'kidlab ötildi.

Tadbirda Özbekistonda biznes yuritiş şaroiti yaxşi tomonga özgarayotgani ham qayd etib ötildi. Misol uçun, köplab tovarlar pozitsiyalari böyiça Özbekistonga olib kiriladigan tovarlar uçun aksiz soliqlar pasaytirilgan, bir qator pozitsiyalar böyiça esa bunday soliq butunlay bekor qilingan. Şuningdek, milliy valuta konvertatsiyasi joriy etilgani, eksportçilarning valutadagi foydani majburiy sotiş bekor qilingani masalalariga ham töxtalib ötildi.

Savdo sanoat palatasi raisi Adham Ikramov

Özbekistonning eksport salohiyati ösib borayotgani sabablaridan biri sifatida Özbekistondan Rossiyaga yetkazib berilayotgan meva-sabzavotlarni bojxona va fitosanitar nazorati soddalaştirilgani ta'kidlandi.

Tadbirda ikki davlat örtasidagi 2019 yil birinçi yarim yilligi tovar aylanmalari ötgan yilgiga nisbatan sezilarli oşgani ham qayd etildi. 

Tadbir davomida ikki davlat kompaniyalari örtasida kelişuvlar imzolandi.