2019 yil 23-27 sentabr kunlari "ÖzRTXB" AJda ötkazilgan birja savdo natijalariga köra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlarning ustuvor ravişda pasayişi kuzatildi.
Körib çiqilayotgan davr mobaynida 3720,7 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qöyildi, va şundan 3402,5 tonnasi sotildi. Sönggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini böyiça şakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 0,7 %ga pasayib, bir tonnasi uçun 6409,7 ming sömni taşkil etdi.
Ötgan haftada suyultirilgan gaz işlab çiqaruvçilari birja savdolari orqali 14,5 mlrd sömlik 4771,0 tonna suyultirilgan gaz sotişdi. Gazning birjada şakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 6,7 %ga pasayib, bir tonna uçun 3037,5 ming sömni taşkil etdi.
Öxşaş tendensiya qora metall bozorida ham kuzatilmoqda. ST 12-35 GS armaturaning narxi 2,2 %ga pasaydi va bir tonnasi uçun 5000,7 ming sömni taşkil etdi. Birja orqali sotilgan barça turdagi qora metallarning hajmi jami 7,4 ming tonnani taşkil qilgan.
Tsement bozori kiçik ösişni körsatmoqda. Ps M-400 D-20 markali sement böyiça haftalik kotirovka bir tonna uçun 485,5 ming söm miqdorida belgilanib avvalgi haftaga nisbatan 0,7 %ga ösdi. Faol sotilayotgan boşqa markali sementlarning narxlar diapazoni bir tonna uçun örtaça narx 401,0-602,0 ming sömni taşkil etmoqda.
Paxta tolasi bozorida narxlar trendi öz yönalişini özgartirdi. Ötgan hafta 1 nav 4 tip (oddiy klass)dagi paxta tolasi böyiça narxlar 2,7 %ga pasayib, bir tonna uçun 12,9 mln sömni taşkil etdi. Paxta tolasini boşqa navlarining narxlari örtaça 7,4 mln sömdan 13,4 mln sömgaça böldi.












