Ayni vaqtda respublikamizda paxta terimi mavsumi qizğin davom etmoqda. Mahallalarda tuzilgan otryadlar, işsizlar, jamoatçilik asosida jalb qilinganlar va köngillilar paxtani terib olişda iştirok etmoqda.
Ta'kidlaş joizki, prezident Şavkat Mirziyoyev joriy yil 12 avgust kuni videoselektor yiğilişida barça hokimlarga bu yil paxta terimiga budjet taşkilotlari xodimlari jalb qilinmasligini eslatib ötgan edi.
Kun.uz tahririyatiga aynan şu masalada yöllanayotgan murojaatlar şuni körsatmoqdaki, joylarda ayrim mas'ullar Prezidentning uşbu topşiriğini unutgan.
Tahririyatga aynan şu mazmundagi murojaat Surxondaryo viloyati, Denov tumanidan kelib tuşdi.
«Denov tumanida hamon budjet taşkilotlari paxtaga jalb qilinişi davom etmoqda. Özim ham budjet taşkilotida işlayman. Paxta terimidamiz. Bunga qaçon çek qöyiladi? Bu prezident olib borayotgan siyosatga qarşi harakat emasmi?», – deyiladi murojaatda.
Uşbu holatni joyida örganiş maqsadida Denov tumanida böldik va murojaatda bildirilgan e'tirozlarga oydinlik kiritdik.

Ma'lum bölişiça, terimçilar har kuni ertalab tuman markaziy stadionida yiğilib, söngra avtobuslarda paxta dalalariga olib ketilar ekan.

30 sentabr, duşanba. Erta sahardan stadion hududiga yöl oldik. Borganimizda uç-tört nafar terimçi endi yiğilgan ekan. Ular bilan suhbatlaşdik. Özlarini obodonlaştiriş boşqarmasidan ekanligini bildirgan ayollar beş-olti kundan buyon paxta terimiga çiqayotganligini ma'lum qilişdi.
Terimga jalb qilinayotganlar asta-sekin töplangandan söng mahallalardan kelgan terimçilarni gapga tutdik. Ularning orasida öz ixtiyori bilan kelmaganlar ham bor edi.

«Mahallamiz raisi eşikma-eşik yurib, paxta terimiga çiqişimizni aytmoqda. Hamma ham köngilli ravişda çiqayotgani yöq. Şaxsan özim ham. Imkonim bölmasa-da, mahalla raisi qistovi bilan dalaga boryapman. Sababi, ertaga baribir işimiz tuşadi şularga. Biror ma'lumotnoma kerak böladi yoki bolalar puli yuzasidan murojaat qilamiz. Qolaversa, kam ta'minlanganman, mahalladan yordam berib turiladi. Şu yordamdan ajrab qolmaslik uçun ham çiqyapman», – deydi terimçi ayol.














