Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida “Jiu-jitsu sportini yoşlar orasida yanada ommalaştirişning istiqbolli rejasi” mavzuida Özbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi tomonidan seminar-trening ötkazildi.
Tadbir boşida Özbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi rahbariyatidagi özgarişlar bilan taniştirib ötildi. Mazkur özgarişlarga muvofiq:

Jasur Jörayev Özbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi raisi birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Kamol Usmonov Özbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi raisi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ğayrat Nabiyev Özbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi boş kotibi lavozimiga tayinlandi.
Yiğiliş davomida federatsiya raisi örinbosari K.Usmonov tadbirdan közlangan maqsad rejaga asosan bölib ötadigan musobaqalarga tayyorgarlik köriş va kuçli sportçilarni respublikamizda bölib ötadigan musobaqalarga olib çiqib, ğolib bölgan sportçilarni xalqaro musobaqalarga tayyorlaş ekanligini alohida ta'kidladi.
Tadbir davomida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

















