AQŞda elektron sigaretlar çekiş yoki “veyping”dan 18 kişi vafot etdi, 1080 kişida esa öpka kasalliklari aniqlandi. Bu haqda AQŞning Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazlarining 3 oktyabrdagi hisobotida aytilgan.

Ularning ma'lumotlariga köra, veypingdan öliş holatlari 15 ta ştatda qayd qilingan. Ta'kidlanişiça, kasallanganlarning aksariyati, ya'ni 70 foizini erkaklar taşkil qiladi. Şuningdek, 80 foiz holatda gap 35 yoşdan kiçik kişilar haqida bormoqda. Ulardan 16 foizini hali 18 yoşga tölmagan ösmirlar taşkil qiladi.   

AQŞda oxirgi oylarda elektron sigaretlarning salomatlikka salbiy ta'sir körsatişi borasida bahslar keskinlaşdi. Sentabr boşida AQŞning soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar vaziri Aleks Azar mamlakatda aromatik qöşimçalarga ega elektron sigaretlar savdosi sezilarli darajada taqiqlanmoqçiligini aytgan. 

AQŞda elektron sigaretlardan öliş holati ilk bor avgustda Illinoys ştatida qayd qilingan. Vafot etgan “veyper”da oğir respirator kasallik aniqlangan.