Özbekiston va Rossiya 2024 yilga qadar özaro tovar aylanmasini 25 mlrd dollargaça yetkazişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi kengaşi raisi Valentina Matviyenko Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuvdan keyin aytdi.
“Biz özbekistonlik hamkasblarimizning iqtisodiy hamkorlikni çuqurlaştirişga samimiy qiziqayotganini körmoqdamiz. Özaro tovar aylanmasi bir neça marotaba ösdi. Ötgan yil bu körsatkiç 4,4 mlrd dollarni taşkil qilgandi. Uni yaqin yillarda 10 mlrd dollargaça, 2024 yilga qadar esa 25 mlrd dollargaça yetkaziş vazifasi qöyildi”, deb aytgan Matviyenko.
Rossiya vakilining aytişiça, bu marakkab, ammo amalga oşirsa böladigan vazifa. Matviyenko Özbekistonda oxirgi 3 yilda yuz bergan ijobiy özgarişlardan, turli sohalardagi yutuqlardan hayratda ekanligini aytgan.
“Bu davlat jiddiy iqtisodiyot islohotlar, ta'lim, soğliqni saqlaşda islohotlar yuz bergan davlatdir”, deb aytgan Federatsiya kengaşi raisi va Özbekistonda öqituvçilar, şifokorlar, professor-öqituvçilar tarkibi iş haqi oşirilgani, yangi maktab va boğçalar qurilayotganini qöşimça qilgan.
Matviyenko Şavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan munosabatlari alohida işonçli körinişda ekanligini, ikki davlat örtasidagi aloqalarni ilgari suriş va rivojlantirişga qiziqiş bildirişini yana bir bor tasdiqlaganini ta'kidlab ötgan.
“Şu 3 yil içida Rossiya-Özbekiston munosabatlarida real olğalaş qilindi”, deb qöşimça qilgan Matviyenko.












