Özbekistonning Sankt-Peterburg şahridagi Boş konsulxonasi (Rossiya) 2019 yil 3 oktabr kuni Leningrad oblasti hududida Neva daryosida Özbekiston fuqarosi Ş.M.ning jasadi topilgan. Ayni paytda tibbiy ekspertiza ötkazilmoqda.

Boş konsulxona vaziyatni nazoratga olgan hamda hamyurtimiz jasadini vatanga yuboriş bilan boğliq konsullik-huquqiy va taşkiliy masalalarni hal qilişda marhumning qarindoşlariga yordam bermoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan va Rossiyaning Şimoli-ğarbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg şahri, Vologda oblasti) hududida bölib turgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg şahridagi Boş konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötgan: +7-965-029-41-49.