Özbekiston Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotiga qaytiş masalasini körib çiqayotgani yöq, deb ma'lum qildi Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev.

«KXŞT masalasi kun tartibiga qöyilmagan. Biz mavzuni muhokama qilganimiz yöq», – dedi u juma kungi matbuot anjumanida.

Rossiya Federatsiyalar kengaşi raisi Valentina Matviyenkoning Özbekistonga taşrifiga bağişlab ötkazilgan anjumanda bildirilişiça, Özbekiston Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qöşiliş masalasini 3 yildan buyon körib çiqmoqda va bu borada hozirça yakuniy qarorga kelinmagan. Jahon Savdo Taşkilotiga a'zo böliş böyiça muzokaralar esa faol davom etmoqda. Şuningdek, Özbekiston tomoni Yevropa Ittifoqi bilan yangi hamkorlik kelişuvini 2020 yil boşida imzolaşga umid qilyapti.

Eslatib ötamiz, 2 oktabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev qabulida bölgan Valentina Matviyenko ham uçraşuvda KXŞT masalasi kötarilmaganini aytgan edi. Şunday bölsa-da, u «taşkilot eşiklari Özbekiston uçun oçiq»ligini qöşimça qilib ötgan.

Ma'lumot örnida, Özbekiston MDH xavfsizligini ta'minlaşni nazarda tutgan uşbu taşkilotdan 1999 yilda çiqib ketgan va 2006 yil avgustida yana qayta a'zo bölib kirgan edi.

KXŞTni barpo etiş haqidagi bitim 1992 yilning may oyida Toşkentda imzolangan, unga sobiq Sovet Ittifoqining töqqiz respublikasi a'zo bölib kirgan. Hozirda bu taşkilotga Armaniston, Belorus, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya va Tojikiston a'zo bölib qolmoqda.