«Davlat moliyaviy nazorati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Moliya vazirligi tomonidan işlab çiqilgan qonun loyihasida belgilanişiça, davlat moliyaviy nazorati deganda – budjet töğrisidagi qonun hujjatlari buzilişlarini aniqlaş maqsadida moliyaviy nazorat obektlarining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boşqa hujjatlarni örganiş, tahlil qiliş hamda taqqoslaş tuşuniladi.
Quyidagilar – Özbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpoğiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toşkent şahar mahalliy budjetlari, budjet mablağlarini taqsimlovçilari, budjet taşkilotlari va budjet mablağlari oluvçilar, nizom jamğarmasida (nizom kapitalida) davlat uluşi 100 foiz bölgan taşkilotlar, davlat maqsadli jamğarmalari, belgilangan tartibda taşkil etilgan boşqa jamğarmalar davlat moliyaviy nazorat obektlari hisoblanadi.
Qonun bilan Hisob palatasi, Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar davlat moliyaviy nazorat organlari deb belgilanişi kutilyapti. Bu organlarning faoliyati töğrisidagi yillik hisobot OAVda e'lon qilinişi şart.
Hisob palatasi öz faoliyatida bevosita Prezidentga böysunadi; Prezidentga, şuningdek Oliy Majlis palatalariga hisobdordir.
Moliya vazirligi esa, öz faoliyatida bevosita Vazirlar Mahkamasiga böysunadi va unga hisobdordir.
Davlat moliyaviy nazorati standartlari Hisob palatasi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelişgan holda tasdiqlanadi.
Şuningdek, davlat budjetining va davlat maqsadli jamğarmalari budjetlarining daromadlari qismi böyiça davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oşiriladi.
Loyihaga köra, davlat moliyaviy nazorati organlari mansabdor şaxslari davlat va xöjalik boşqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida hamda özga taşkilotlarda boşqa lavozimlarni egallaşga, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişga haqli emas.











