Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2019 yil 19 martda ötkazilgan videoselektorda ilgari surilgan Yoşlar bilan işlaşni samarali taşkil etişda madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari, kitob öqişga qiziqişini oşiriş böyiça 5 ta muhim taşabbusni maktabgaça ta'lim tizimida samarali taşkil etiş maqsadida Maktabgaça ta'lim vazirligi taşabbusi bilan 2019 yil 5 oktabr kuni Çilonzor tuman Maktabgaça ta'lim bölimi va Toşkent Pedagogika kolleji bilan hamkorlikda “Yoşlar kamoloti - 5 taşabbusda” nomli seminar tadbiri ötkazildi. 

Mazkur seminar tadbiriga Maktabgaça ta'lim vazirligi, Toşkent şahar maktabgaça ta'lim boş boşqarmasi, Çilonzor tuman hokimiyati, Maktabgaça ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayorlaş va ularni malakasini oşiriş instituti mutasaddilari taşrif buyurdilar. Bu tadbirda yoşlar sportning köplab turlari, şaxmat-şaşka kitobxonlik, sahna körinişlari, musavvirlik, musiqa, raqs kabi qobiliyatlarini namoyiş etdilar. Maktabgaça ta'lim taşkiloti rahbar va mutaxassislarni qayta tayyorlaş va ularni malakasini oşiriş institutidan kelgan malakali vakillar tomonidan trening darslari ötkazildi. Tadbirda Maktabgaça ta'lim tarbiyaçilari va Pedagogik kollej talabalari tomonidan yasalgan qöl mehnatidan iborat körgazmalar örin egalladi. Tadbirga taşrif buyurgan ota-onalar yoşlarga körsatilayotgan e'tibordan mamnunliklarini bildirdilar.