Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 7 oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat avvalida davlat rahbari rossiyalik hamkasbini tuğilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam soğlik, baxt-saodat va katta zafarlar tiladi.
Prezident Vladimir Putin rahbarligida Rossiyaning barqaror taraqqiyoti ta'minlanayotgani, aholi farovonligi muttasil oşib, mamlakatning xalqaro maydondagi örni va nufuzi mustahkamlanayotgani ta'kidlandi.
Tomonlar Özbekiston-Rossiya strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlari izçil rivojlanib borayotgani, bugungi kunda ular sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyiganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Davlat rahbarlari erişilgan kelişuvlar va imzolangan bitimlarni öz vaqtida amalga oşiriş, özaro savdo hajmini köpaytiriş, investitsiya, fan-texnika, transport-logistika, qişloq xöjaligi va boşqa ustuvor sohalarda hamkorlikni kengaytiriş muhim ekaniga e'tibor qaratdilar.
Prezidentlar samarali parlamentlararo, hududlararo va madaniy-gumanitar aloqalarni davom ettiriş zarurligini ta'kidladilar.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşildi, şuningdek, bölajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi körib çiqildi.
Muloqot söngida davlat rahbarlari Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi örtasidagi döstlik va köp qirrali şeriklikni mamlakatlar va xalqlar farovonligi yölida yanada mustahkamlaş borasida intilişlari qat'iy ekanini tasdiqladilar.












