Tojikiston va Afğoniston örtasidagi ikki tomonlama kelişuvni amalga oşiriş maqsadida Tojikiston turmalarida jazo ötayotgan 48 nafar afğonistonlik “Şerxon Bandar” çegara postida Quyi Panj orqali Afğonistonning Qunduz viloyati rasmiylariga topşirildi.
Bu mahbuslar turli ayblovlar, jumladan çegarani noqonuniy kesib ötiş, giyohvandfuruşlik va boşqa jinoyatlar uçun köp yillardan beri Tojikiston turmalarida jazoni ötab kelayotgan bölgan. Endi ular jazo muddatining qolgan qismini Afğoniston turmalarida ötaşadi.
Afğonistonning Duşanbedagi elçisining ta'kidlaşiça, bu qadam Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon tomonidan Afğoniston taşqi işlar vaziri Salohiddin Rabboniyning iltimosi bilan ikki tomon afğon mahbuslarini topşiriş böyiça kelişuvga kelgandan keyin qabul qilingan.











