Bojxonaçilar mamlakatimizga olib kirilişi taqiqlangan tovar moddiy boyliklarni noqonuniy yöllar bilan olib kirişga bölgan urinişlarga qarşi samarali kuraş olib borişmoqda.

Foto: Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati

Jumladan, Namangan xalqaro aeroportiga “Moskva-Namangan” yönalişi böyiça uçib kelib, “yaşil” yölak orqali harakatlangan fuqaro R.M.ning xatti-harakatlari bojxonaçilar e'tiborini tortdi va uşbu şaxs belgilangan tartibda nazoratdan ötkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, uning yuklari içida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va jismoniy şaxslar tomonidan olib kirilişi taqiqlangan 1 dona uçuvçisiz uçiş apparati borligi aniqlandi.

Hozirda uşbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ma'lumot uçun, Özbekiston Respublikasining joriy yil 2 may kuni qabul qilingan “Özbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi ÖRQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan töldirilgan bölib, uçuvçisiz uçadigan apparatlarni qonunga xilof ravişda olib kiriş, ötkaziş, oliş, saqlaş yoki ulardan foydalaniş böyiça jinoiy javobgarlik belgilangan. Mazkur Qonunning 1-moddasi 2019 yil 4 noyabrdan amalga kiritiladi.