UYeFA sobiq prezidenti Mişel Platini futbolga qaytişi mumkin.

Bugun, 8 oktabr kuni unga 2015 yilda qöllangan diskvalifikatsiya muddati tugadi. Tört yil muqaddam FIFAning axloq qömitasi uni korrupsiyada aybdor deb topib, futbol bilan aloqador istalgan lavozimda işlaş huquqidan mahrum etgandi. Öşanda FIFAning sobiq prezidenti bölgan Yozef Blatter unga 2011 yili taşkilotdan 2 million yevro miqdoridagi mablağni ötkazib bergani tekşiruvlarga sabab bölgandi.

Avvaliga fransiyalik mutaxassis 8 yil muddatga diskvalifikatsiya qilingandi, keyinroq bu muddat yarmiga qisqartirildi. Bu mojaro boşlanişidan oldinroq Platini FIFA rahbarligida Blatterning örnini egallaşi kutilayotgandi.

«Menda bir ğoya bor, ammo hozirça bu haqda gapira olmayman», — deya Platinining sözlarini keltirmoqda AP News.

Mişel Platini 1972 yildan 1987 yilgaça bölgan muddat içida «Nansi», «Sent-Eten», «Yuventus» klublarida, şu bilan bir vaqtda Fransiya terma jamoasi safida öynagan, futbolçilik faoliyati davomida uç marta «Oltin töp» sohibi bölgan.