Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri, Toşkent, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Buxoro viloyati hududida joylaşgan 40 ta jazoni ijro etiş muassasasida mahkumlarni usta-şogird an'anasi asosida mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasb-hunarga tayyorlaş kurslari taşkil etildi.
“Hunarmand” uyuşmasi tajribali usta-hunarmandlarni jalb etgan holda mazkur kurslarni taşkil etişda amaliy yordam körsatib kelmoqda. Hozirgi kunda bu kurslarga 717 nafar mahkum jalb qilinib, hunarmandçilikning turli yönalişlari böyiça hunar örganmoqda.

Jazoni ijro etiş muassasalarida Uyuşmaning hududiy boşqarmalari tomonidan xalq hunarmandçiligi va amaliy san'at sohasida katta tajribaga ega usta-hunarmandlar iştirokida seminarlar, davra suhbatlari va mahorat darslarini ötkazilmoqda.
Öquv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan mahkumlarga “Hunarmand” uyuşmasining maxsus sertifikatlari taqdim qilinmoqda.

















