«Buyuk Kelajak» eksperti: Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi haqida 5 afsona
|02:10 / 09.10.201946 89414 min
«Buyuk Kelajak» ekspert kengaşi a'zosi Bahrom Ismoilov «Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi haqida 5 afsona» sarlavhali maqolasini taqdim etdi.
Rossiya Federatsiya Kengaşi spikeri Valentina Matviyenkoning Özbekistonga taşrifidan söng ekspertlar hamjamiyati örtasida Özbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kiriş ehtimoli borasida keng munozaralar boşlandi.
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonga YeOIIga a'zo bölişda bosim ötkazilişi mumkinligi, iqtisodiy va siyosiy jihatdan ham Özbekiston ittifoqqa qöşilişdan foyda körmasligi haqida izohlar paydo böldi.
Şu bilan birga, ittifoqqa qirişga qarşi çiqqan ekspertlarning aksariyati YeOII nima ekanligini va unga kiriş Özbekistonga nima berişini töliq tuşunişmaydi. YeOIIga yöl milliy iqtisodiyotning raqobatbardoşligini oşirişga va fuqarolarning, şu jumladan mamlakat taşqarisida mehnat qilayotganlarning farovonligini oşirişga olib keladimi yoki iqtisodiy va siyosiy qullikkami? Keling, YeOII haqidagi asosiy afsonalarni tahlil qilaylik.
Foto: Bahrom Ismoilov
1-afsona. YeOIIda hamma narsani Moskva boşqaradi
YeOII - mintaqaviy iqtisodiy integratsiya xalqaro taşkiloti bölib, unga Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston va Rossiya Federatsiyasi kiradi.
YeOIIning boşqaruv organi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining davlat rahbarlaridan taşkil topgan Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengaşi hisoblanadi. Barça qarorlar ovoz beriş orqali, konsensus asosida qabul qilinadi. Qabul qilingan qarorlarning bajarilişi barça iştirokçi davlatlar uçun majburiydir. Asosiy tartibga soluvçi organ - a'zo mamlakatlarning vakolatli vakillaridan taşkil topgan Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi. Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasining asosiy vazifasi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining faoliyati va rivojlanişi uçun şart-şaroitlarni ta'minlaşdan iborat. Yevrosiyo hukumatlararo kengaşi YeOII davlatlarining milliy hukumatlar darajasida özaro hamkorligini ta'minlaydi.
EOIIga a'zo davlatlar örtasida yuzaga keladigan barça nizolar Minsk şahrida joylaşgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi sudida hal qilinadi.
Har yili a'zo davlatlardan biri ittifoqqa raislik qiladi. Ayni paytda Armaniston 2019 yil 31 dekabrgaça rahbarlik qilmoqda. 2020 yilda raislik Belarusga ötadi.
Mavzuga oid
Xulosa: YeOIIga a'zo böliş Özbekistondan mustaqillikdan voz keçişni talab qilmaydi. YeOIIda konsensus asosida qaror qabul qiladigan milliy organlar tuzilmasi şakllantirilgan.
Özbekiston uyuşmaning tölaqonli va teng huquqli a'zosi sifatida YeOIIning amaldagi qonunlari asosida ittifoqqa a'zo boşqa davlatlar bilan bir qatorda öz taşabbuslarini amalga oşirişi va butun iqtisodiy ittifoqning kelajagiga ta'sir körsatişi mumkin.
2-afsona. Integratsiya Özbekiston manfaatlarini hisobga olmasdan amalga oşiriladi
Armaniston va Qirğizistonning integratsion tajribasi şuni körsatadiki, YeOIIga a'zo davlatning çeklovlar, qöşimça talablar va maxsus şartlarni qöllaş huquqini saqlab qolgan holda moliyaviy bozorlar, tabiiy monopoliyalar, energiya, resurslardan foydalaniş va transport kabi sohalarni tartibga soliş mumkin.
Masalan, Qirğiziston 2020 yil 1 yanvargaça avtomobillarni olib kiriş uçun alohida stavka töğrisida kelişib oldi hamda 5 yil davomida sanoatda qayta işlaş uçun yiliga 100 ming tonnadan köp bölmagan miqdorda şakar xomaşyosini bojsiz olib kiriş huquqiga ega böldi. oldi. Öz navbatida, Qozoğiston JSTga kirgandan keyin JST şartlari doirasida mamlakatga keladigan tovarlarni olib ötiş tartibi töğrisida kelişib oldi.
Xulosa: YeOIIga integratsiyalaşuv - bu bir neça yillar davom etadigan murakkab protsedura bölib, uning maqsadi integratsiyaning barça iştirokçilari uçun eng qulay şart-şaroitlarni belgilaşdir. Muzokaralar va kelişuvlar jarayoni, yöl xaritalarini işlab çiqiş va qonun hujjatlarini uyğunlaştiriş - bu davlatlararo tuzilmalar va ekspertlar hamjamiyati iştirokidagi uzoq muddatli murakkab jarayon bölib, uning doirasida vakolatli tuzilmalar Özbekistonning milliy ustuvorliklari tuşunçasini belgilaydilar.
3-afsona. YeOIIga qöşiliş Özbekiston işlab çiqaruvçilariga salbiy ta'sir qiladi
Statistika boşqaça trendlarni körsatmoqda. JST ma'lumotlariga köra, Qozoğiston 2011-2015 yillarda Rossiyaga mahsulotlar yetkazib beriş hajmini oşirdi:
poaybzal - 6 foizga, plastmassa va undan tayyorlangan buyumlar - 11 foizga, sut mahsulotlari, parranda tuxumlari, tabiiy asal, oziq-ovqat mahsulotlari - 107 foizga; göşt va göştdan tayyorlangan mahsulotlar – 136 foizga, alkogolli va alkogolsiz içimliklar va sirka – 48 foizga oşdi.
Agar 2015 yil körsatkiçlari haqida gapiradigan bölsak, qozoğistonlik oziq-ovqat işlab çiqaruvçilari mahsulotning 40 foizini Rossiyaga yetkazib berdilar. 18 turdagi mahsulotlarni yetkazib beriş hajmi 20-40 baravarga oşdi. Masalan, 2015 yildan boşlab Qirğiziston yalpi içki mahsuloti (YaIM) butun Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi YaIM ösişi sur'atidan oşib ketdi.
Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a'zo bölişning birinçi yilida Qirğiziston töqimaçilik mahsulotlarining YeOII davlatlariga eksporti 38 foizga, qişloq xöjaligi mahsulotlari 26 foizga, umumiy yuk aylanmasi esa 2,8 baravarga oşdi. 2016-2018 yillar davomida uşbu tendensiya saqlanib qoldi. Öz navbatida, 2016 yilda Armanistonning YeOII davlatlariga eksporti 53 foizga ösdi.
Xulosa: Özbekistondagi samarali tovar va xizmatlar işlab çiqaruvçilari YeOII mamlakatlari bozorlariga muvaffaqiyatli kiriş uçun barça imkoniyatlarga ega. YeOII mamlakatlari tovar va xizmatlar işlab çiqaruvçilari ham Özbekistonda şunday imkoniyatga ega böladi.
Özbekistonning YeOIIga qöşilişi Özbekiston iqtisodiyotining ayrim sohalariga qanday özgarişlar olib kelişining qisqaça prognozi mana şu.
4-afsona. YeOIIga qöşiliş Özbekiston uçun iqtisodiy jihatdan manfaatli emas
Quyida agar YeOIIga qöşilsa, Özbekiston iqtisodiyotining ayrim sohalarida böladigan özgarişlarning qisqaça prognozi keltirilgan.
1. Energetika. Energiya resurslari (elektr energiyasi, gaz, neft va neft mahsulotlari) uçun umumiy bozorlarning şakllanişi uning iştirokçilari uçun manfaatlar keltiradi, jumladan, narxlarni barqarorlaştiriş va energiya ta'minotining işonçliligini oşiriş, aholi farovonligini oşiriş va sinergetik effekt tufayli YeOII mamlakatlari YaIMning umumiy ösişiga olib keladi. YeOII gaz, neft va neft mahsulotlarining umumiy bozorlarini şakllantiriş 2025 yil 1 yanvardan keçiktirmasdan yakunlanişi lozim.
2. Tibbiyot. Özbekiston uçun dori vositalarining umumiy bozorini rivojlantiriş böyiça hamkorlik istiqbolli hisoblanadi. EIK hisob-kitoblariga köra, YeOII doirasida mahalliy işlab çiqarişning ösişi bois uçinçi mamlakatlardan dori import qiliş 30 foizdan ortiqroqqa kamayişi kutilmoqda. Özbekistonda işlab çiqariladigan tibbiy mahsulotlar sifatiga talablar özgaradi. Dori işlab çiqaruvçilar sifat va xavfsizlikning barqaror körsatkiçlari bilan bozorga mahsulot çiqarilişini kafolatlaydigan sifat menejmenti tizimi joriy etilişi va qöllab-quvvatlanişini ta'minlaşi kerak böladi.
3. Tovarlar va xizmatlar. YeOII "tört erkinlik"ning amalga oşirilişini joriy etadi: tovarlar, xizmatlar, kapital va iş kuçining erkin harakati. YeOIIga qöşiliş, şubhasiz, Özbekiston içki bozoridagi raqobatni kuçaytiradi, mahsulot sifati oşişiga, bir qator mahsulotlar narxining pasayişiga olib keladi va monopolistlarning mavqeini murakkablaştiradi. Öz navbatida, özbekistonlik işlab çiqaruvçilar YeOIIning 180 million kişilik bozoriga kiriş imkoniyatiga ega böladilar. Özbekistonda xizmatlar sohasining uluşi YaIMning 47 foizini taşkil qiladi. Töğri yondaşilsa, Özbekiston xizmatlarni YeOII mamlakatlariga samarali eksport qilişi mumkin.
4. Özbekistonning yuqori texnologiyali xizmatlarga ixtisoslaşgan kompaniyalari va mutaxassislari uçun bu sezilarli imkoniyatlarni oçib beradi. YeOIIda 2025 yilgaça xizmat körsatuvçilarni boşqa davlat hududida yuridik şaxsni röyxatdan ötkazişdan ozod qiliş rejalaştirilmoqda. Bu avvalo, Özbekiston IT-kompaniyalariga öz xizmatlari uçun yangi bozorlarni qamrab oliş imkoniyatini beradi.
5. Şuningdek, uyuşmaning 2025 yilga kelib şakllanadigan moliyaviy xizmatlar umumiy bozoridan umidlar katta. Bunda eng muhim tamoyillardan biri YeOII sarmoyadorlarining YeOIIga a'zo davlatlar moliyaviy bozorlariga kirişini, moliyaviy xizmatlar iste'molçilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini kafolatlangaş va samarali himoya qilinişini ta'minlaş böladi. Gap bank va suğurta sohalarida, şuningdek qimmatli qoğozlar bozorida xizmat körsatiş sohalarida litsenziyalarni özaro tan oliş töğrisida ketmoqda.
Bundan taşqari, Özbekiston fermerlari, işlab çiqaruvçilari va tadbirkorlari YeOIIning öşa 180 millionlik bozoriga kiriş imkoniyatiga ega bölişadi, Özbekiston Xitoy, Eron, Vetnam, Kuba kabi davlatlar bilan, yaqin kelajakda Misr, Singapur, Hindiston, Serbiya, Isroil va Tailand bilan YeOIIning erkin savdo töğrisidagi xalqaro şartnomalari imtiyozlaridan foydalaniş imkoniyatiga ega böladi. Özbekiston qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksport qiluvçilar YeOII hududida bojxona va sanitariya-karantin nazorati haqida unutişadi.
Iqtisodiyotning muhim, xususan, eksportni rivojlantirişga yönaltirilgan sohalarida agar ilgari tovarlar bojxona çegarasidan ötganida QQS bojxona xizmatlari tomonidan olingan bölsa, Özbekiston ittifoqqa kirişi bilan QQS va YeOIIga a'zo davlatlar hududidan olib kiriladigan tovarlarga aksiz soliği olinişi soliq organlari tomonidan amalga oşiriladi.
Şu bilan birga, QQSni tölaşda biznesga 50 kalendar kunlik keçikiş (soliq krediti) taqdim etilgan.
6. Normativlar. Özbekiston YeOIIning temir yöl xavfsizligidan tortib sut va sut mahsulotlari xavfsizligi masalalarigaça öz içiga olgan ilğor texnik reglamentlariga ötiş orqali özining normativ-texnik bazasini sezilarli darajada modernizatsiya qilişi mumkin. Boşqariş sifati va respublikaning taşqi iqtisodiy faoliyatini tartibga soluvçi qonun hujjatlarining şaffofligi oşadi, bu esa turli xalqaro reytinglarda öz aksini topadi.
Integratsiya jarayonida Özbekiston eng yaxşi xalqaro tajribaga asoslangan zamonaviy milliy qonunçilikka ega böladi.
7. Transport va logistika. Xitoyning "Bir kamar, bir yöl" taşabbusini inobatga olgan holda YeOIIning imkoniyatlari uşbu mintaqada eng katta integratsiyaviy salohiyatga ega bölgan Özbekistonning tranzit salohiyatidan maksimal darajada foydalanişga imkon beradi.
Özbekiston mahsulotlari YeOIIning barça transport yölaklariga kiriş huquqiga ega böladi, Özbekiston va YeI (Evropa Ittifoqi) örtasida esa faqat bitta - Belarus-Polşa bojxona çegarasi qoladi. Özbekiston YeOIIga qöşilgan taqdirda, YeOIIning Xitoy moliyalaştirişiga da'vogarlik qilayotgan transport sohasidagi qöşma loyihalarida iştirok etişi mumkin böladi.
Ular Xitoy, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi va Yevropa Ittifoqi örtasida va Yevrosiyoning asosiy transport yölaklarini töldiruvçi yöllar böylab Ğarbiy Yevropa - Ğarbiy Xitoy, Şimol - Janub, Şarq - Ğarb va Şimoliy dengiz logistikasini örnatişi lozim.
Özbekiston şuningdek, YeOII doirasida transport xarajatlari kamayişi, ittifoqning barça davlatlari tranzit imkoniyatlarini birlaştiriş, transport protseduralari byurokratizatsiyadan xalos böliş, logistika bazasini rivojlantiriş, Rossiya quvurlari va Boltiqböyi portlariga teng huquqda kiriş imkoniyatiga ega böladi.
8. Mehnat migratsiyasi. Bugungi kunda Özbekistonda migratsiya 4 milliondan ortiq kişiga ta'sir qiladi va yaqin kelajakda muhim iqtisodiy va ijtimoiy omil bölib qoladi. Agar Özbekiston YeOIIga a'zo bölsa, uning fuqarolari ittifoqning boşqa mamlakatlarida işlaş uçun ruxsatnoma rasmiylaştirişiga hojat qolmaydi.
Mehnat muhojirlari birgina Rossiyada patent rasmiylaştiriş va yangilaş uçun har yili 2 milliard dollargaça mablağ sarflaşadi. Bu mablağ har yili Özbekiston iqtisodiyotini töldiradi. YeOII bilan integratsiyalaşiş özbekistonlik mehnat muhojirlariga, şuningdek ularning oila a'zolariga ijtimoiy ta'minotni (ijtimoiy suğurta) oliş imkonini beradi, bu davlatning iş bilan ta'minlangan fuqarolari bilan bir xil şart va tartibda amalga oşiriladi. YeOII davlatlari işçilarining bolalari davlat mehnat qonunçiligiga muvofiq maktabgaça ta'lim muassasalarga boriş va ta'lim oliş huquqiga ega böladilar. Kelajakda özbekistonlik işçilar YeOIIning Arktika va Uzoq Şarqni rivojlantirişdan tortib Kaspiy dengizidan Qora dengizgaça kema kanalini qurişgaça bölgan eng yirik loyihalarida iştirok etişlari mumkin böladi.
5-afsona: YeOIIga kiriş Özbekistonning Yevropa Ittifoqi va AQŞ bilan munosabatlarini buzadi
Evropa Ittifoqi YeOIIning asosiy savdo hamkori bölib kelgan va şunday bölib qolmoqda. Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasining ma'lumotlariga köra, 2016 yilda Rossiya, Qozoğiston, Belarus, Qirğiziston va Armanistondan Yevropaga eksport qilinadigan mahsulotlarning uluşi xorijga umumiy yetkazib beriş hajmining 50,3 foizini taşkil etdi. Xuddi şu davrda Yevropadan olib kelingan mahsulotlar uluşi 40,8 foiz böldi.
Bundan taşqari, Belarusning YeOIIga a'zoligi YeI va AQŞ bilan vizasiz rejim joriy etişiga tösqinlik qilmadi. Öz navbatida, Qozoğiston AQŞ bilan kengaytirilgan strategik şeriklik munosabatlarini rivojlantirmoqda.
Sönggi uç yil içida AQŞning Qozoğistondagi birgina toğ-kon sanoatiga töğridan-töğri investitsiyalari uç baravarga oşib, 5 milliard dollardan ortiqroqni taşkil etdi.
Mamlakatda Amerikaning Chevron Corporation, General Electric, Halliburton, NalcoChampion, Weatherford, Flowserve kabi korporatsiyalari faoliyat körsatmoqda.
Xulosa: Özbekistonning YeOIIga qöşilişi uning YeI va va AQŞ bilan ikki tomonlama munosabatlariga putur yetkazadigan qandaydir iqtisodiy yoki siyosiy harakatlarni anglatmaydi. Aksinça, 32 million kişilik Özbekistonning YeOIIga qöşilişi YeOIIning Markaziy osiyolik iştirokçilari blokini kuçaytirib, ittifoq içidagi "kuçlar muvozanati"ga ijobiy ta'sir körsatadi. Özbekistonning YeOIIga qöşilişi iqtisodiy körsatkiçlarni yaxşilaydi, milliy qonunçilikni uyğunlaştiradi, biznes va xizmatlar eksporti uçun yangi imkoniyatlarni oçadi, bu esa Özbekistonga, şu jumladan YeI va AQŞdan qöşimça investitsiyalarni jalb qiladi.
Bahrom Ismoilov 1983 yil Toşkent şahrida tuğilgan, 2005 yil Özbekiston Milliy Universitetini «Huquqşunoslik» mutaxassisligi böyiça tamomlagan, 2010 yilda Rossiya TIVning MGIMO oliygohida «YeIning immigratsion siyosati, Rossiya va YeII çegaralarini qöriqlaş» dasturi böyiça malaka oşiriş kursini ötgan, 2012 yilda RF Hukumati qoşidagi Moliya Akademiyasini Krizislarga qarşi boşqariş mutaxassisligi böyiça tugatgan.
U «BUYUK KELAJAK» XNNT ta'sisçisi. RF Davlat Dumasining Xavfsizlik va korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça qömitaning ekspertlar kengaşining a'zosi, Rossiya Federatsiyasining Huquqni muhofaza qiliş organlari va maxsus xizmatlari xodimlarining uyuşmasi direktorining ijtimoiy-huquqiy masalalar böyiça örinbosari hisoblanadi.
2012 yildan beri Rossiya Federatsiyasining Iqtisodiy rivojlaniş Vazirligi qoşida iqtisodiy noçorlik (bankrotlik) va moliyaviy soğlomlaştiriş işlari böyiça arbitraj boşqaruvçisi bölib işlaydi.