Yupiter sayyorasi fanga ma'lum tabiiy yöldoşlari soni böyiça yetakçilikni Saturnga boy berdi. Avvalroq Yupiterda 79 ta, Saturnda esa 62 ta yöldoş borligi ma'lum edi.
7 oktyabrda AQŞning Karnegi institutidan Skott Şeppard boşçiligidagi astronomlar Saturn atrofida yana 20 ta yöldoş aniqlaşgani ma'lum böldi. Şu tariqa, Saturn yöldoşlari soni 82 taga yetgan va gaz giganti yöldoşlari soni böyiça rekordçiga aylandi. Yangi yöldoşlar Gavayi orolidagi Maun-Kea vulqonida joylaşgan “Subaru” teleskopi yordamida kaşf qilingan.
Barça kaşf qilingan yöldoşlarning diametri 5 kmga yaqin. Ulardan 17 tasi orbita böylab Saturnning öz öqi atrofidagi aylanişiga qarama-qarşi yönalişda, qolgan 3 tasi u bilan bir xil yönalişda harakatlanadi.
Karnegi instituti yangi yöldoşlar uçun nomlar tanlaş tanlovini e'lon qilgan va u 6 dekabrgaça davom etadi.
Bugungi kunda Uranda 27 ta, Neptunda 14 ta, mitti Plutonda esa 5 ta yöldoş borligi ma'lum. Şuningdek, Quyoş tizimidagi önlab jismlarda 2 tadan, yuzdan köproq jismlarda esa bittadan yöldoş mavjud.












