Farğona viloyatining Quva tumanida kutilmagan holat kuzatildi. Bu haqda “Postda” naşri xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, joriy yilning 7 oktabr kuni soat 16:00larda “Turk” mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan “Abduqodir” boğdorçilik fermer xöjaligining gilos boğidan şartli belgilarsiz, uzunligi 94 sm., oğirligi 150 kg. bölgan aviatsiya bombasi topilgan.
“Xayriyatki, heç kimga zarar yetmadi”, - deyiladi IIV naşri xabarida.
Bildirilişiça, ayni paytda yöq qiliş maqsadida harbiy qismga topşirilgan bombaning boğda qanday paydo bölib qolgani, qançalik xavfliligi yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.












