Jamoatçilik muhokamasi uçun e'lon qilingan «Teleradiouzatiş töğrisida»gi qonunda xorijiy telekanallarning Özbekistondagi faoliyati qay tarzda amalga oşirilişi aniq belgilanişi lozim, deb hisoblaydi ÖzMTRK raisi vazifasini bajaruvçi Alişer Xöjayev.
«Masalan, biron xorijiy telekanal bu yerda öz işini olib bormoqçi bölsa, uning nomidan Özbekistonda iş köriş istagida bölgan sub'yekt emas, öşa telekanal rahbariyatining öz vakili kelib, kerakli idora bilan gaplaşişi lozim. Toki Özbekistonda amal qilayotgan qonunlarga rioya qiliş majburiyatini öz böyniga olsin», ─ dedi Xöjayev 9 oktabr kungi davra suhbatida.

Özbekistonda teleradioeşittiriş sohasining huquqiy asoslarini yanada rivojlantiriş mavzusida taşkil etilgan davra suhbatida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Özbekistonda faoliyat yuritayotgan tele va radiokanallar vakillari iştirok etdi. Unda media sohasi vakillari «Teleradiouzatiş töğrisida»gi qonun loyihasi yuzasidan öz takliflarini bildirdi.
Jumladan, UzReport telekanali boş direktori Ravşanxon Jörayevning fikriça, «Teleradiouzatiş töğrisida»gi qonun mualliflik huquqi, medianing texnologik holati, yuridik asos, kontent masalasini töla qamrab olişi lozim.

«Hozir raqobat juda kuçaygan. Telereyting masalasini ham qonun doirasida körib çiqiş lozim. Şu bilan birga, butun dunyo ötib borayotgan tendensiya ─ PayTV, pullik televideniye tizimi tartibi ham qonunda körsatilişi kerak», ─ deya ta'kidladi Ravşanxon Jörayev.
«Oriat-dono» va «Oriat-FM» radiokanallari boş direktori Baxtiyor Usmonov esa tele va radiokanallarni rivojlantirişning iqtisodiy tomonini ham e'tiborga oliş kerak, degan fikrda. Uning sözlariga köra, OAV böynidagi tölovlarning köpligi mediakontentni milliy mahsulot bilan töldirişga imkon qoldirmaydi.

«Radiokanal sifatida biz hozir yiliga qariyb 300 mln söm soliq tölaymiz. Daromad soliği, qöşilgan qiymat soliği, hammasi şuning içida. Lisenziya tölovi bor. Ilgari yagona soliq asosida yiliga 150 mln söm tölanardi.

















