Davlat ilmiy taşkilotlarining ilmiy faoliyat yurituvçi xodimlariga 48 iş kunidan iborat yillik haq tölanadigan hamda moddiy yordamni közda tutadigan mehnat ta'tili beriş tartibi joriy qilinadi. Bu «Ilm-fan va ilmiy faoliyat töğrisida»gi Qonunda körsatilgan bölib, mazkur qonun Senatning 23-yalpi majlisida ma'qullandi.
Uşbu qonun 7ta bob, 48ta moddadan iborat bölib, ilmiy faoliyat yurituvçi jismoniy şaxslarning mehnat huquqlari, majburiyatlari, ularga beriladigan imtiyozlarni belgilab beradi.
Ilmiy faoliyat natijalarini tijoratlaştiriş hamda ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasini moliyalaştiriş masalalari batafsil körsatib berilgan. Xususan, bazaviy moliyalaştiriş; ilmiy loyihalarni moliyalaştiriş; stajyor-tadqiqotçilik, tayanç doktorantura va doktoranturani moliyalaştiriş; noyob ilmiy obektlarni saqlaşni moliyalaştiriş; ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalaniş markazlarini moliyalaştiriş ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasini moliyalaştirişning yönalişlaridir.
«Ilm-fan va ilmiy faoliyat töğrisida»gi Qonun asosida jismoniy va yuridik şaxslar uçun ilmiy faoliyatni qöllab-quvvatlaş jamğarmalarini tuziş mumkinligi huquqi berilmoqda.













