Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi bergan ma'lumotga köra, 2019 yilning 8 oktabr kuni Moskva oblasti Lyubersi tumani hududidagi örmondan Özbekiston fuqarosi X.B.ning jasadi topilgan.
Avvalroq, elçixona 2 oktabr kuni “Tomilinsk elektron zavodi” ilmiy-işlab çiqariş korxonasi” MÇJning obektlaridan birida devor qulaşi natijasida hamyurtimiz vafot etgani va taşkilot rahbarlari mazkur holatni yaşirişga urinayotgani töğrisida ma'lumot olib, huquqni muhofaza qiluvçi organlarga rasmiy murojaat qilgandi hamda boş konsul Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Taşqi mehnat migratsiya agentligi vakolatxonasi rahbari bilan birgalikda voqea joyiga borgan edi.
Tergov organlari qidiruv amaliyotlarini olib bordi hamda marhumning jasadi obektdan 5 km uzoqlikdan topildi.
Ayni paytda tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davom etmoqda.
Elçixona vaziyatni nazoratga oldi hamda marhumning jasadini vatanga yuboriş bilan boğliq konsullik-huquqiy va taşkiliy masalalarini hal qilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi va Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod oblasti, Bryansk oblasti, Vladimir oblasti, Voronej oblasti, Ivanovo oblasti, Kaluga oblasti, Kastroma oblasti, Kursk oblasti, Lipetsk oblasti, Moskva şahri, Moskva oblasti, Oryol oblasti, Ryazan oblasti, Smolensk oblasti, Tambov oblasti, Tver oblasti, Tula oblasti, Yaroslav oblasti) va Armaniston hududidagi fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda Moskva şahridagi elçixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötadi: +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.












