Norvegiya poytaxti Osloda Nobel mukofotining tinçlik yönalişi böyiça bu yilgi ğolibi aniqlandi. Efiopiya boş vaziri Abiy Ahmad Ali 2019 yilgi tinçlik yönalişi böyiça Nobel mukofotini qölga kiritadigan böldi.

«Efiopiya boş vaziri Abiy Ahmad Ali Eritreya bilan çegaradagi mojaroni tinçitişda körsatgan jonbozligi uçun uşbu mukofotni qölga kiritadi»,— deyiladi Nobel mukofotini topşiriş komissiyasining tvitterdagi sahifasida.
Abiy Ahmad Ali 2018 yilning aprelidan buyon Efiopiya boş vaziri hisoblanadi. U mamlakat tarixidagi ilk musulmon prezident bölgandi. U şuningdek, Nobel mukofotiga sazovor bölgan ilk efiopiyalik böldi.
U sönggi 20 yil içida Eritreya rahbari bilan uçraşgan ilk Efiopiya prezidenti bölgandi. 2018 yilning 8-9 iyul kunlarida Abiy Ahmad Ali va Eritreya prezidenti Isayyasa Afeverki iştirokida sammit ötkazilgandi.
Sammitda tinçlik va döstlik töğrisidagi deklaratsiya imzolangan. Unga köra keskinlikni yumşatiş va mamlakatlar örtasidagi diplomatik munosabatlarni tiklaş, quruqlikdagi va havodagi qatnovlarni oçiş kabilar nazarda tutilgandi.
Mukofotlar orasida aynan tinçlik yönalişidagi sovrin ğolibi Stogholmda emas, Osloda e'lon qilinadi. Bu yönalişdagi mukofot sohibiga topşiriladigan medal ham boşqa yönalişlardagi laureatlarnikidan farq qiladi.

Ma'lumot uçun, olim Alfred Nobel vasiyatiga köra, tinçlik uçun mukofot «xalqlarning birlaşuvi va amaldagi armiyalar sonining kamayişi, tinçlik kongresslarini ötkaziş va ularga e'tibor qaratiş uçun boşqalardan köproq hissa qöşgan va muvaffaqiyatga erişgan şaxs»ga beriladi. Tinçlik uçun Nobel mukofoti 99 marta berilgan, uni 133 kişi olgan.
2018 yilda mukofot puli 9 mln kronni (1,02 mln dollar) taşkil qilgan. Uşbu mukofot egalari odatda olingan pullarni xayriya işlariga sarflaşadi.
2018 yilda tinçlik uçun Nobel mukofotini kongolik jarroh Deni Mukvege va iroqlik huquq himoyaçisi, IŞIDning sobiq asirasi Nadya Murod olgandi.
14 oktabr kuni Nobel mukofotining iqtisodiyot sohasidagi ğolibi e'lon qilinadi. Taqdirlaş marosimi 10 dekabr — Alfred Nobel vafot etgan kunda bölib ötadi.










