Oliy Majlis Senati 12 oktabr kuni “Özbekiston Respublikasi sudyalarining maxsus kiyimi tavsifi va namunasini tasdiqlaş töğrisida”gi qarorni qabul qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Yuqori palata yalpi majlisida qayd etilişiça, sudyalarning maxsus kiyimi tasnifi va namunalarini işlab çiqişda nafaqat milliy qadriyatlar, balki xorijiy davlatlar, ya'ni AQŞ, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Qozoğiston va boşqa mamlakatlarning tajribasi örganib çiqilgan.

 

“Bu masala 30 yildan beri kötarib kelinadi. Qonunda bor edi, lekin amalda... Bu masala olib çiqilar, keyin yana yöq bölib ketardi... Ana, sudga öşa paytda bölgan munosabat... Sönggi uç yildagi islohotlarni gapirsam, soatlab vaqtlaringni olaman.

Bu [sudyalik maxsus kiyimining joriy etilişi] juda ham muhim. Bunda Oliy cudning raisi ham, tuman sudi raisi ham bir xil maqomga ega – kiyimi ham bir xil. Kiyim faqatgina sud majlislarida kiyiladi. Sayyor sudlarda ham, apellyatsiya, kassatsiya, rayosat, hatto plenum majlislarida ham. Ikkinçidan, bu kiyim ham katta mas'uliyat yuklaydi”, – deydi Oliy sud raisi Kozimjon Komilov.

Oliy sud raisi Kozimjon Komilov

Qayd etiş kerak, "Sudlar töğrisida"gi qonunning 84-moddasida sudyalar sud majlisini maxsus kiyimda olib borişi belgilangan. Uşbu moddaga muvofiq, sudyaning maxsus kiyimi tavsifi va namunalari Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlanadi.

Senator Abduqodir Toşqulov sudyalik maxsus kiyimiga doir ayrim jihatlarga töxtalib ötdi. Unga köra:

  • respublika sudlari sudyalari uçun maxsus kiyim rangi töq-kök, Konstitutsiyaviy sud sudyalari uçun esa töq-olça rangda böladi;
  • maxsus kiyim tarkibi 70 foiz jundan iborat böladi;
  • töplam maxsus kiyim, manişka va ipak böyinboğ-plastrondan iborat böladi va u sudyalarning individual tana ölçamlari böyiça, faqatgina sudyalik guvohnomasi asosida buyurtmaga qabul qilinadi;