Shell kompaniyasining bölinmasi Shell Catalyss & Technologies Özbekistonda yillik quvvati 5 mlrd kubmetr tabiiy gazni taşkil qiluvçi gazni qayta işlovçi zavod quradi. Korxonaning qurilişi Shell Catalyss & Technologies va Özbekistonning Surhan Gas Chemical Operating Company kompaniyasi örtasida tuzilgan texnologik litsenziya kelişuvida közda tutilgan.
Işlar Surxondaryo viloyatining janubidagi gaz konlarida olib boriladi. Qöşma loyiha ikki bosqiçda amalga oşiriladi. 1-bosqiç 2022 yilgaça davom etib, unda geologik razvedka, quduqlar burğilaş, kon infratuzilmasi va gazni qayta işlovçi zavod quriş rejalaştirilgan. 2-bosqiç 2023 yildan 2025 yilgaça davom etib, yiliga polimerlar asosidagi 500 ming tonnagaça mahsulot işlab çiqaruvçi gaz-kimyo majmuasi qurilişini nazarda tutadi.
Yangi korxonada Şell’ning gazdan aralaşmalarni ajratib, ularni ikkilamçi mahsulotlarga aylantiriş böyiça ilğor texnologiyalari qöllanadi. Bu korxonaning kapital va ekspluatatsiya xarajatlarini ança kamaytirişga imkon beradi.
Shell Catalyss & Technologies 1907 yilda taşkil topgan dunyodagi eng yirik neft-gaz kompaniyalaridan biri Royal Dutch Shell (Shell)’ning bölinmasi bölib, joriy yil boşiga kompaniya kapitallaşuvi 250 mlrd dollardan oşgan. Bölinma neft-gaz sohasidagi sanoat obektlarini loyihalaş, quriş va ekspluatatsiya qilişda qöllanuvçi texnik xizmatlar va litsenziyalangan texnologiyalarni taklif etadi.
Surhan Gas Chemical Operating Company Surxondaryo viloyatidagi Boysun investitsiya blokidagi konlarni özlaştirişni boşqaradi.












