12 oktabr kuni Çirçiq şahrining «Maşinasozlar» istirohat boğida mingdan ortiq yoşlar va tadbirkorlar iştirokida «Huquqiy bilimlar kuni» fleşmobi ötkazildi. Bu haqda Kun.uz’ga Toşkent viloyat Adliya boşqarmasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mazkur tadbir Toşkent viloyati adliya boşqarmasi tomonidan aholiga bepul huquqiy maslahatlar beriş, fuqarolarning huquqiy savodxonligini yuksaltiriş, qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkaziş, şuningdek, huquqiy bilimini baholaş va rağbatlantiriş maqsadida taşkillaştirildi.

Unda iştirok etganlarni huquqiy bilimlarga qiziqtiriş hamda ularning huquqiy savodxonligini rağbatlantiriş uçun yoşidan kelib çiqib test savollari tarqatildi hamda turli tanlovlar va viktorinalar taşkil etildi. Xususan, maktab öquvçilari örtasida «Huquq bilimdonlari», Çirçiq davlat Pedagogika instituti talabalari örtasida «Saylov bilimdoni» tanlovi ötkazildi.

Viktorina va savol-javoblarda faol iştirok etgan va ğolib bölgan 50 nafar qatnaşçilarga maxsus esdalik sovğalari topşirildi.

Adliya boşqarmasi tomonidan qatnaşçilarga normativ-huquqiy hujjatlari mazmun mohiyati tuşuntirilib 2000 nusxadan ortiq turli flayerlar, bukletlar tarqatildi. Malakali notariuslar va advokatlar tomonidan 40 dan ortiq qatnaşuvçilarga bepul huquqiy maslahatlar berildi.

Viloyatda faoliyat yurituvçi «Istiqbolli avlod» va «Hunarmand» uyuşmasi nodavlat notijorat taşkilotlari ham özlarining körgazmali va tarqatma materiallari bilan faol iştirok etişdi. «Istiqbolli avlod» NNT tomonidan noqonuniy migratsiya oqibatlari va odam savdosiga qarşi kuraşiş mavzularida iştirokçilarga tuşuntirişlar berilib tarqatma materiallar tarqatildi.

Viloyat bandlik boş boşqarmasi tomonidan böş iş örinlari yarmarkasi taşkil etildi.

Huquqiy bilimning minimum darajasidan kelib çiqib yöl xarakati qoidalaridan öquvçilarni xabardor qiliş maqsadida viloyat IIB YHHB xodimlari ham özlarining körgazmali tarğibot materiallari bilan iştirok etişdi.