Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dasturchilar uchun eng katta konferensiya – «GDG DevFest» Toshkentdagi Inha universitetida bo‘lib o‘tadi

Konferensiya butun Markaziy Osiyo bo‘yicha eng yirigi bo‘lishi kutilmoqda.
DevFest - bu Google kompaniyasi ko‘magi ostida tashkil etiladigan va butun dunyo bo‘ylab GDG (Google Developers Group) hamjamiyatlari tomonidan o‘tkaziladigan qator tadbirlar bo‘lib, uning asosiy maqsadi yetakchi dasturchilar o‘rtasida tajriba almashish va Google tomonidan ishlab chiqilgan ilg‘or texnologiyalar bilan tanishishdir.
Bu yilgi DevFest konferensiyalari dunyoning 143 ta shahrida o‘tkazilishi hamda unda 125 000 dan ortiq ishtirokchilar tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Shu jumladan, O‘zbekiston poytaxtida ham ushbu ulkan tadbir ikkinchi marta Toshkent shahridagi Inha universitetida bo‘lib o‘tadi.
Tadbir tashkilotchilarining Kun.uz`ga ma'lum qilishlaricha, konferensiya ko‘plab dasturchilar, loyiha menejyerlari, tahlilchilari va boshqa IT mutaxassislarini birlashtiradi.
GDG Tashkent tomonidan tashkil etilayotgan tadbirda Web, Mobile va Cloud sohasi bo‘yicha ko‘plab xalqaro va mahalliy ma'ruzachilar taqdimotlari bo‘lib o‘tadi.
Qayd etilishicha, bu yilgi konferensiyada Google texnologiyalari ishtirokidagi ishlanmalar bo‘yicha texnik ekspertlardan tashqari, loyihalarni rivojlantirish va ishlab chiqish sohasidagi mutaxassislar ham so‘zga chiqadilar – ularning barchasi o‘z tajribalari va innovatsiyalari bilan bo‘lishishadi.
«GDG DevFest Tashkent 2019ga tashrif – bu bebaho tajriba orttirish, yangi texnologiyalar haqida yanada chuqurroq o‘rganish, trenddagi texnologiyalar bo‘yicha o‘z mahoratingizni oshirish, hamkasblar bilan yangi mahsulotlarni muhokama qilish va yirik IT-hamjamiyati a'zosi bo‘lish imkoniyatidir», – deya qayd etdi Inha universiteti vakili.
Qatnashchilar norasmiy muhitda turli sohalardagi so‘nggi texnologik tendensiyalar haqida o‘z sohasi mutaxassislari bilan suhbatlashishi va qiziqtirgan savollariga javob olishi mumkin.
Konferensiyada qatnashish bepul. Konferensiya uchun ro‘yxatdan o‘tish tez orada boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba iste’foga chiqdi - OAV
Jahon | 12:04
-
Ukrainada Mirage 2000 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
Jahon | 12:01
-
Rossiya neft mahsulotlarining YeIga importi bo‘yicha taqiq yarim yilga qoldirildi
Jahon | 11:50
-
Senat chiqindidan qarz sabab elektrga to‘lov qilolmaslik mexanizmini tanqid ostiga oldi
O‘zbekiston | 11:40
Mavzuga oid

19:20 / 19.07.2025
Google telefondagi zilzila haqida ogohlantirish tizimi qanday ishlashini tushuntirdi

21:41 / 15.07.2025
Google gidroelektr energiyasi bo‘yicha dunyodagi eng yirik shartnomani imzoladi

18:22 / 10.07.2025
Google sun’iy intellekti «barcha kasalliklar muammosini hal qiladi»

09:55 / 15.05.2025