«Suriya demokratik kengaşi» («Suriya demokratik kuçlari» (SDF)ning siyosiy qanoti) Turkiya Suriyada kurd otryadlariga qarşi harbiy amaliyot ötkazayotgani ortida Misrdan kömak söradi. Bu haqda taşkilot raislaridan biri Riyoz Darar ma'lum qildi.

Darar 12 oktyabrda Misr taşqi işlar vaziri Somih Şukriy bilan uçraşuv ötkazdi. Uçraşuv Qohirada Arab davlatlari ligasining Turkiyaning Suriyadagi amaliyotiga bağişlangan favqulodda sammitidan bir neça soat oldin bölib ötgan. 

Dararning ta'kidlaşiça, u Qohiraga Misr tomoni taklifi bilan kelgan. “Biz bu tajovuzga qarşi bardoş berişda kömak beradigan har qanday – siyosiy, axboriy yordamni söradik”, deb aytgan kurd siyosatçisi.

Uning aytişiça, u Misr taşqi işlar vaziri bilan suhbatda “Suriya demokratik kengaşi” uşbu tajovuzni töxtatiş uçun har qanday yeçimga oçiqligini bildirgan. “Biz qarşilik körsatişga ahd qildik va özimizni, yerimiz va oilalarimizni himoyalaşda davom etamiz”, deb ta'kidlab ötgan Darar.  

Turkiya 9 oktyabrda Suriya şimolida kurd otryadlari va IŞID jangarilariga qarşi “Tinçlik manbai” deb nomlangan harbiy amaliyotni boşladi. 

Turkiya bahordan rejalaştirib kelgan uşbu amaliyotidan maqsad Suriyaning Turkiya bilan çegaradoş hududlarini suriyalik kurdlar otryadlaridan tozalaş, u yerda xavfsizlik hududini taşkil qilib, unda suriyalik qoçqinlarni joylaştiriş hisoblanadi. 

Anqara avvalroq mamlakatda 4 mln qoçqin borligini va ularni çeksiz muddat saqlab turolmasligini aytgan.