Surxondaryo viloyatida Hakim Termiziy ziyoratgohi yaqinida ziyorat turizmini rivojlantiriş maqsadida yangi mehmonxonaning oçiliş marosimi ötkazildi. Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov uşbu qadamjoga ziyoratlari doirasida vaqf mehmonxonasini oçib berdi.

«Vaqf» xayriya jamoat fondi matbuot xizmati xabariga köra, yangi mehmonxonada ziyoratçilar uçun barça qulayliklarga ega şart-şaroitlar yaratilgan bölib, zamonaviy uslubda jihozlanganligi qayd etildi. Mazkur mehmonxona 70 öringa ega bölib yuqori xizmat körsatuvçi qulayliklarga ega lyuks hamda yarim lyuks xonalarni öz içiga oladi. Mehmonxona hududida 1 ta çoyxona va 1 ta restoran mavjud. Bu esa ham dam oluvçilar, ham yölovçilar uçun xohlagan vaqtda kelib tanovul qiliş imkoniyatini yaratadi. 

Yana bir jihati mehmonxonaning Toşkent-Termiz xalqaro magistral yölining yonida ekanligi. Bu esa Iso Termiziy, Sulton Saodat, Kampirtepa, Fayoztepa hamda Hakim Termiziy ziyoratgoh va tarixiy yodgorliklariga tez fursatda yetib oliş imkonini beradi. 

Şuningdek oçiliş marosimi davomida viloyatdagi 30 nafar jismoniy imkoniyati çeklangan fuqarolarga nogironlik aravaçalari topşirildi.

Mehmonxonada musulmon sayyohlarga qulaylik yaratiş maqsadida har bir xonaga Qur'oni karim, joynamoz qöyilişi va Qibla körsatgiçi örnatilişi rejalaştirilgan.

Bundan taşqari, istiqbolda mehmonxonani halol standartiga mos holatga keltiriş közda tutilgan.