«Özbekneftegaz» tarkibiga kiruvçi Şörtan gaz-kimyo majmuasi 2001 yilda «Şörtan» gazokondensat koni örnida foydalanişga topşirilgan. Öşanda uning quvvati xom-aşyo gazi – 4 mlrd. m³ gaça; iste'molçilar uçun tabiiy gaz – 3,5 mlrd. m³ gaça; polietilen granulalar – 125 ming tonnadan ortiqroq; siqilgan gaz – 110 ming tonnadan ortiq; gaz kondensati – 90 ming tonnadan ortiq va ranulirlangan oltingugurt – 1 ming tonnadan ortiq bölgan. 2006 yildan boşlab gaz ötkazuvçi tizimlar uçun polietilen, quvurlar va boğlovçi detallar işlab çiqariş yölga qöyildi va bu loyihaning yillik quvvati 2,5 ming tonnani taşkil qildi. Mahsulotlarning asosiy xaridorlari – Özbekiston, Rossiya, Qozoğiston, Ukraina, Turkiya, Xitoy, Polşa, Italiya va boşqa qator davlatlardir.

2017 yil fevral oyida Özbekiston Prezidenti Ş.M.Mirziyoyevning Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi çoğida davlat rahbari mamlakat kelajagida zavodning strategik ahamiyatini hisobga olgan holda hukumatga maxsus “Yöl xaritasi” işlab çiqiş topşiriğini berdi. Bu “Yöl xaritasi” loyihani moliyalaştiriş, yangi uskunalar bilan jihozlaş, obektni bosqiçma-bosqiç quriş, korxona faoliyati uçun zarur mutaxassislar tayyorlaş kabi muhim jihatlarni hisobga olgan.
Loyihaning maqsadi polimer mahsulotlar işlab çiqarişni diversifikatsiya qilişni davom ettiriş, Şörtan GKM texnik iqtisodiy körsatkiçlarini oşiriş, eksport potensialini oşiriş va xom-aşyo hamda materiallar importini öz mahsulotlarini qöllaş orqali kamaytirişni közda tutadi.
Maxsus tanlov yakunlariga köra «Şörtan gaz-kimyo majmuasi» «kalitni topşiriş» (YeRS-kontrakt) uslubida «ENTER Engineering Pte. Ltd.» kompaniyasi bilan şartnoma imzoladi. Bu şartnoma doirasida loyihani işlab çiqiş uçun Seul, Gaaga va Toşkent kabi şaharlardan «Özbekneftegaz» AJ, «Uzbekistan GTL» MÇJ, «Huyndai Engineering&Construction», «McDermott» va «ENTER Engineering» kabi kompaniyalarning 250 nafardan ortiq yuqori malakali mutaxassislari jalb qilindi. Natijada Şörtan GKMning kengaytirilayotgan loyihalari gaz-kimyo tizimining eng zamonaviy, CB&I (AQŞ) va Şevron Philips (AQŞ) kabi kompaniyalarda qöllangan texnologiyalarga asoslangan böladi.
Loyihada neft-kimyoviy majmua rejalaştirilgan bölib, unda xom-aşyo sifatida tabiiy gaz hamda GTL zavodidan naftani qayta işlaş orqali yiliga örtaça 400 ming tonna polimerlar işlab çiqarilişi möljallangan. Texnologik uskunalar nafta krekingini (NCU) örnatiş, töliq gidrirlaş uskunasini yölga qöyiş (THU), yuqori ziçlikdagi polietilen (HDPE) işlab çiqarişni özlaştiriş, köp miqdorda parafin saqlovçi, GTL naftadan olinuvçi qimmatbaho etilen va propilen işlab çiqariş uçun işlatiladi.
















