Şvetsiya banki tomonidan Alfred Nobel xotirasiga ta'sis etilgan va iqtisodiyot böyiça norasmiy Nobel mukofoti deb ataluvçi iqtisod fanlari böyiça mukofot 2019 yilda uç olim – amerikalik Maykl Kremer va Abxijit Banerji hamda fransiyalik Ester Dyufloga topşirildi.

Mukofot “global qaşşoqlikka qarşi kuraşdagi tajribaviy yondaşuv uçun” topşirildi.

“Joriy yil sovrindorlari global qaşşoqlikka qarşi kuraşdagi eng yaxşi yöllar böyiça işonçli javoblarni olişda yangiça yondaşuv işlab çiqişdi. Ularning va ular ortidan borgan tadqiqotçilarning işlari natijalari amaliyotda qaşşoqlikka qarşi kuraşa olişimizni ança yaxşiladi”, deyilgan Şvetsiya qirollik fanlar akademiyasi xabarida.

Sovrindorlarning uslubi global qaşşoqlik muammosini köplab mayda muammolarga bölişdan iborat bölib, bu muammolarning yeçimlarini tajribalar yordamida topiş mumkin.  

Uç sovrindor 9 mln şved kronasi (915 ming dollar) miqdoridagi mukofot pulini özaro bölişib olişadi. 

Ta'kidlaş joiz, sovrindorlardan biri Ester Dyuflo iqtisodiyot böyiça Nobel mukofotini olgan tarixdagi ikkinçi ayol böldi. U, şuningdek, uşbu yönalişda Nobel mukofotini olgan eng yoş sovrindorga aylandi. Bundan taşqari, Dyuflo va uning turmuş örtoği Abxijit Banerji iqtisodiyot böyiça Nobel mukofoti olgan birinçi oilaviy juftlik böldi.