Maoş olganingizdan atigi ikki kun ötişi bilan kartangizda oylikning faqat yarmi qoladigan vaqtlar böladi. Siz uni har xil garovlarga tikmasangiz yoki şopogolik (xarid qilişga öç) bölmasangiz, pullar qayoqqa uçib ketyapti? Bir neça taxminlar keltiramiz.

1. Narxlar ösişi ularni yeb qöymoqda

Siz deyarli bir xil mahsulotlar xarid qilasiz, ammo vaqt ötişi bilan şuni payqaysizki, oy oxiriga borib ötgan safargisiga nisbatan ozroq mablağ yiğilgan. Hammasi oddiy: narxlar kötarilyapti, maoşlar esa... oşyapti, ammo inflatsiyaga yetib ololmayapti. Rasmiy ma'lumotlarga köra, 2019 yil oxiriga borib inflatsiya 16-16,5 foizni taşkil etadi. Mahsulotlar narxi ham şunga yaraşa özgarib bormoqda va yil söngiga qadar ham siljişlar kutiladi. Non ham oşdi.

Nima qiliş kerak?
Inflatsiya va narxlarga heç qanday ta'sir körsata olmaymiz. Şuning uçun arzonroq markadagi mahsulotlarni tanlaş yölimiz bor xolos. Ammo köpinça ular nisbatan qimmatroq muqobillari bilan soliştirganda bir xil sifatga ega böladi. Şuningdek, çegirma yoki keşbeklarga ega böliş imkoniyatini ham ötkazib yubormang.

2. Siz köçada tamaddi qilişni yoqtirasiz

Yöl-yölakay olingan kofe yoki tuşlik vaqtidagi tanaffusda tamaddixonaga taşrif buyuriş hamyonga unçalik ham qattiq zarba bermaydigandek tuyiladi. Köpi bilan 15-20 ming söm ketadi deb öylaymiz. Ammo şu kabi 20 iş kunidan keyin 500 ming söm atrofida xarj röy berişi mumkin, bu esa ança sezilarli farq.

Qatorga sevimli, kiçik, ammo muntazam xaridlarni ham kiritişimiz mumkin. Masalan, siz har kuni bolangiz uçun şokolad sotib olasiz.

Nima qiliş kerak?
Agar kafega taşrif buyuriş sizni baxtiyor qilsa va bu keyinçalik maoşgaça qiynalişingizga sabab bölmasa, heç narsa qilişingiz şart emas. Ovqat nafaqat kaloriya va mikroelementlar, balki zavqlaniş hissini ham taqdim eta oladi. Biroq tejaş istagi paydo bölsa, heç bölmasa onda-sonda uydan ovqat olib ketişga urinib köring. Bu ança arzon tuşadi.

3. Siz çekasiz

Yana bir mayda, ammo natijada katta miqdorda pul sarfiga aylanuvçi sistematik xarj. Agar bitta sigaret qutisi örtaça 7-8 ming söm atrofida tursa, aşaddiy çekuvçi uçun bir oylik tamaki 400-500 ming sömga tuşişi mumkin. Bir yilda esa miqdor 5-6 mln sömga aylanadi.

Nima qiliş kerak?