Vatanga munosabat, insonlar ongidagi islohotlar, Nodira Qodirova ölimi. Nima uçun Turkiyadagi özbeklar konsullikda röyxatda turmaydi, ular qaçon elçixonaga murojaat qiladi? Konsullikda röyxatdan ötganlarning Özbekistonga qaytarib yuborilişi rostmi? Bir yilda Özbekistondan Turkiyaga qança fuqaro taşrif buyurmoqda?

Özbekistonning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elçisi Alişer A'zamxöjayev Kun.uz muxbiriga intervyu berib, yuqoridagi masalalar yuzasidan öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.

— Alişer aka, endi bugungi kun mavzusiga kelaylik. Bu Özbekistonda ham Turkiyada ham ayrim OAV va deputatlar tomonidan kötarilayotgan mavzu. Nodira Qodirova mavzusi. Yaqinda ikki deputatning, xususan, Kun.uz saytida fikrlari çiqdi. Şunga nisbatan munosabatingiz va nuqtayi nazaringiz qanday?

«Birinçidan, hozirgi kunda butun respublika, Özbekiston jamiyati prezident rahbarligida yangi islohotlarni amalga oşirmoqda. Biz sanoat, qişloq xöjaligi, quriliş tizimida va boşqa xalq xöjaligi tizimlarida islohotlarni boşladig-u, lekin asosiy islohotimiz, bu har bir insonning miyasida böladigan islohotni hali boşlay olmayapmiz. Boşlangan bölsa ham sekin-sekin bölmoqda.

Hozirda, barça vazirlik, qömita va boşqa davlat taşkilotlari yangidan işlaş jarayonini boşdan keçirmoqda. Bu jarayonda, ya'ni jamiyatimizning ulğayişida, mulkka munosabatda, ta'lim sohasidagi özgarişlarda, yoşlar masalalarida deputatlarimizning ham roli katta. Butun jamiyatimizning roli katta.

Masalan, sönggi 25-30 yil mobaynida deputatlarimiz yaxşi, ijobiy qonunlarni qabul qilişganida, balki bizning yoşlar Özbekistondan heç qayerga ketmasmidi?! Rossiyaga bormasdi, Turkiyaga işlaşga kelmasdi. Masalan, men 20 yil tadbirkorlik qilganimda Qaşqadaryo, Surxondaryo, umuman, boşqa viloyatlardan ham işçi ololmasdim. Şunaqa zör, mebelga işqiboz bölgan yigitlarni olib kelardim, özim yurist bölganim uçun qonunga böysunardim, bekitib işlatişni yomon körardim, rasmiy qoğozda turadigan joyini, yotoqxonasini qildik, şuni röyxatga olinglar, (deb körsatsak ham) ruxsat bölmasdi. Ularning Turkiyaga kelişiga ruxsat bor edi. Mana hozirda, janob Erdöğan Özbekistonga munosabati yaxşiligidan 3 oyga (bir kirişda mamlakatda qoliş muddati nazarda tutilmoqda, bundan avval, özbekistonliklar 1 oy davomida yaşaşlari mumkin edi. Bunda röyxatda turiş talab qilinmaydi – tahr.) çözib berdi.

Ya'ni, yoş özbek yigit-qizlarimiz 90 kun davomida Turkiyada işga ham kira oladi. Ammo, ular özbeklarga kamroq (maoş) beradi, bizda esa bu katta pul. Ular bu yerda işlaşmoqda. Turkiyaga kelganlarning biri elçixonaga keladi, ikkinçisi kelmaydi. Bu vatanga bölgan munosabatidan kelib çiqadi.