Özbekistonda Prezident universiteti taşkil etiladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasida aytilgan.

Hujjatda qayd etilişiça, xalqaro standartlar va milliy an'analar uyğunligida yuqori malakali, zamonaviy bilim va könikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar, professional kadrlarni tayyorlovçi, yetakçi ta'lim va ilm-fan markazi - Prezident universitetini taşkil etiş möljallanmoqda.

Şuningdek, oliy ta'lim bilan qamrovni kengaytiriş, oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlaş sifatini oşiriş böyiça quyidagi tadbirlar amalga oşiriladi:

oliy ta'lim sohasida davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari, şuningdek investitsiyalarni jalb qilgan holda nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalari filiallari faoliyatini taşkil etiş orqali oliy ta'limda raqobat muhitini yaratiş;

oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlaşning maqsadli parametrlarini Investitsiya dasturlari, hududiy va tarmoq dasturlari, vasiylik kengaşlari talablari, jahon miqyosidagi texnologik özgarişlarni inobatga olgan holda şakllantiriş, ta'lim yönalişlari va mutaxassisliklarini optimallaştiriş, bunda STEAM yönalişlarini (aniq fanlar, texnologiya, injiniring, ijodiy san'at va matematika) rivojlantirişga alohida e'tibor qaratiş.