Bu haqda Forbes naşri xabar berdi. 

Naşr mutaxassislarining baholaşiça, Nike brendining qiymati 36,8 mlrd dollarni taşkil qiladi.   

Eng qimmatbaho biznes-brendlar öntaligiga AQŞning kabel sport telekanali ESPN (qiymati 13 mlrd dollar), Adidas (11,2 mlrd dollar), PepsiCo kompaniyasining izotonik içimliklari markasi Gatorade (6,7 mlrd dollar), Britaniya va Irlandiyadagi sport telekanali brendi Sky Spors (4,4 mlrd dollar), Puma (4 mlrd dollar), AQŞdagi sport kiyim-boşi va poyabzali markasi Under Armour (3,5 mlrd), Mutlaq jangçilik çempionati UFC (2,4 mlrd dollar), AQŞning pullik televideniye sport tarmoği YES Network (1,5 mlrd dollar) va Reebok (800 mln dollar) kirgan.

2019 yilda eng qimmatbaho sport voqealari brendlari reytingida amerikaça futbol böyiça mavsum ğolibi aniqlanadigan Superkubok uçraşuvi yana yetakçilik qilmoqda. Superkubok ötkaziladigan kunda reklama va homiylardan tuşadigan hamda çiptalar va esdalik sovğalari sotilişidan olinadigan daromad 780 mln dollarga baholangan.

Ta'kidlaş joiz, sport voqealari brendlari reytingining 4-örniga Rossiyada 2018 yil ötgan futbol böyiça jahon çempionati qöyilgan. Naşr mutaxassislarining ta'kidlaşiça, Rossiyada ötgan jahon çempionati öyinlarini 2014 yilgi Braziliyadagi jahon çempionatidagidan köra 27,7 foiz köproq tomoşabin kuzatgan. JÇ-2018’dan olingan umumiy tuşum 282 mln dollarni taşkil qilgan.