«Işonuvçanligim pand berdi» - Yana bir xususiy bandlik agentligi yuzlab odamlarni çuv tuşirdi
|02:29 / 19.10.201982 61212 min
Foto: FotoliaFoto: Fotolia
Kun.uz tahririyatiga Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro Xurşid D. Çilonzor tumanida joylaşgan «Korean and migration xususiy bandlik agentligi» MÇJ rahbarlaridan şikoyat qilib keldi.
Fuqaroning hikoya qilişiça, u joriy yilning fevralida öz tanişlari hamrohligida mazkur xususiy agentlikka borgan va ularni kutib olgan taşkilot xodimiga Janubiy Koreyaga işga ketiş niyati borligini aytgan. Firma vakillari bilan suhbatlaşgaç, fevral oyi söngida agentlik va fuqaro örtasida şartnoma tuzilgan, unga köra Xurşid D. bank orqali 27 million söm tölov qilgan. Mart oyida KOICA (Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi) iştirokida Toşkent şahrida taşkil etilgan kasb-hunarga öqitiş markazida bir haftalik maşğulotlarda qatnaşadi. Şundan söng, taşkilot direktori unga mart oyi oxirida Koreyaga işga ketişini aytadi. Lekin oktabr oyiga kelib ham fuqaroga na iş topilgan va na uning mablaği qaytarilgan.
Xurşid D. Özbekistonda özi singari uşbu agentlik rahbarlari va'dalariga işonib yurganlar soni mingga yaqin ekanini bildirdi.
Şartnomadagi tölovdan taşqari «şapka» ham berilgan
«Yoşim 33da. Tayinli iş joyim yöqligi uçun haydovçilik qilib, rözğor tebrataman. Mazkur agentlik haqida telegram orqali xabar topdim va 22 fevral kuni agentlikning Çilonzorda joylaşgan filialiga ikki tanişim bilan birga bordik. Bizni u yerda Örol ismli xodim kutib oldi. Taxminan 3 soat davom etgan suhbatimiz avvalida «Koreyaga davlat orqali işga ketmoqçi bölsangiz 2 yilda yuborişadi. Biz esa 2 yoki 3 oyda jönatamiz», dedi.
Muloqot davomida 38 yoşgaça bölganlar zavod, fabrikalarda, 40 yoşdan oşganlar esa qişloq xöjaligi sohasida işlaşi, oğir qiyinçiliklar yöqligi va 2-3 ming AQŞ dollari atrofida oylik maoş berilişini aytib ötdi. Firma litsenziyasini körgaç, faoliyati qonuniy ekaniga işondik va xorijda işlaş istagimiz yanada kuçaydi.
Agentlik bilan şartnoma tuzganimizdan söng, Örol aka 27 million söm tölov qiliş kerakligini bildirib, qölimizga agentlik hisob-raqamini tutqazdi. Bunga rozi bölib, özimda mablağ kamligi uçun taniş-bilişlardan qarz söradim va bir amallab 27 million söm pul yiğib, «Turonbank»ning Çilonzor filialida tölovni amalga oşirdim.
Koreyaga işga borganlar albatta, koreys tilini bilişi zarurligidan boxabarligim uçun 2018 yil oxirida 3 oylik kursda öqib, sertifikat olgandim. Agentlik xodimlari bir haftalik til kursida tahsil olişim şartmasligi va 3 oyda qölga kiritgan sertifikatim inobatga olinişini aytişdi.
Mavzuga oid
Mendan taşqari Koreyaga ketiş orzusidagi yana 90 nafarga yaqin turli viloyatlardagi erkak va ayollar Uçtepa tumanidagi «Navröz» mehmonxonasida bir hafta yaşab, bu vaqt içida, ya'ni 25 fevraldan 1 martgaça KOICA’dagi öqişga qatnadik. Oçiği, yetti kun qanday ötib ketganini payqamadim. Çunki maşğulotlar nomiga, şunçaki ötilardi. Bir öqituvçi noutbuki orqali «Million» jamoasining konsertini qöyib bergan holat ham böldi. Hattoki, bizga öqiganlik haqida bir parça qoğoz ham berişmadi.
Öqiş kunlari yakuniga yetar payt Xuşvaqt ismli direktor örinbosari «Bu firmani oçişimiz oson bölmadi. Köngillaringni töq qilinglar, barçangiz tez kunda Koreyaga ketasizlar», dedi. Bu gaplarni ikki kundan söng direktor Qahramon aka ham takrorladi. 4-5 mart kunlari yana öşa birinçi guruhdagi 90 nafar çoğli kişi yangi ToşMI va bir qança tibbiyot maskanlariga borib, tibbiy körikdan ötdik.
Meni mart oxirida Koreyaga yubormoqçi bölişdi. Ammo biror amaliy iş bölmaganidan keyin köpçilik qatori tezroq yuborişlari uçun naqd körinişda 1 ming 700 AQŞ dollari miqdorida «şapka» berdim. Biroq, şunda ham oldinga siljiş kuzatilmadi. May oyida migratsiya agentligiga (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi – tahr.) qönğiroq qilib, bor holatni aytdim. Men bilan gaplaşgan xodim xususiy bandlik agentliklari Koreyaga işga yuboriş vakolatiga ega emasligini ma'lum qildi. Buni Qahramon akaga aytganimda, u Koreyadagi bir qança korxonalar bilan şartnomasi mavjudligi va albatta, işga jönatişini bildirdi. Barçamizning xorijga kiriş-çiqiş pasportimiz undaligi bois yana gaplariga işondik. Biroq quruq gap-sözlarini hozirgaça amalda isbotlaşmayapti.
Oktabr oyi boşigaça deyarli har kuni bordim. «Bir hafta kuting», «Ön kun sabr qiling», «Koreyadan 90 nafar odamga kvota keldi, siz ham ketasiz şular içida. Faqat ön beş kun vaqt bor», deya turli va'dalarni aytib, şunça muddatni ötkazib yuborişdi. Sakkiz oydan beri na işga yuborişdan, na pulni qaytarişdan darak bor. Şu masalani örganib, yordam bersangiz yaxşi bölardi», dedi Xurşid D.
«Işonuvçanligim pand berdi»
Şahrisabzlik 31 yoşli Obid T. ham «Korean and migration xususiy bandlik agentligi» orqali Koreyaga ketiş niyatida firma bilan şartnoma imzolagan va unda belgilangan summani tölagan.
Lekin u ham yuzlab fuqarolar qatori aldanganidan keç xabar topgan.
«Özim oddiy ustaman. 10 yil Rossiyada muhojirlikda yurdim. Koreyaga ketiş va işlaşga juda qiziqardim. Taniş-bilişlarim agentlik töğrisida aytişgani uçun 28 yanvarda Toşkentga kelib, firmaga murojaat qildim. KOICA’da beş kun öqiganimizdan söng öşa yerda 9 may kuni imtihon topşirdik. 70 balldan yuqori töplaganlar Koreyaga yuborilişini aytişdi. Men 75 ball yiğdim. 28 mayda agentlik binosining özida şartnoma böyiça 32 million 400 ming söm tölov qildim. U puldan 14 million sömi özimniki, qolgan qismini qarindoşlardan qarz olgandim. 28 iyunda Koreyaga ketiş oldidan yana tayyorlanib, test sinovlarida qatnaşdik.
Taşkilot rahbari avgust oylarida ketişimni aytgandi. Ammo sentabr oyi içi ham kutdimki, ijobiy javob bölmadi. Onam betobligi uçun uni davolatgani Hindistonga yubormoqçi bölib, pul yetkazolmadim. Şu bois ariza yozib, pulimni qaytarib oliş uçun ötgan hafta firma ofisiga borsam, u yerda tintuv işlari bölganini eşitdim. Aytişlariça, hozir firma rahbari qamoqda ekan. Özim ham yuzlab pul berganlar qatorida IIVga ariza yozdim.
Men singari pul berib, işga ketolmayotganlar Qaşqadaryoda ham köpçilikni taşkil etadi. Tan olaman, işonuvçanligim pand berdi. Lekin bu kabi agentliklarni litsenziya bergan taşkilotlar nazorat qilmaydimi? Firmaga yuzlab odamlar tölov qilgan, uni nega soliq idorasidagilar tekşirmaydi? Yaqinda «Human», «Profelite imp xususiy bandlik agentligi» kabi şunday firmalar orqali köpçilik çuv tuşganini hamma bildi-ku? Hozirgaça soddaligimiz tufayli pulni ham ololmayapmiz, Koreyaga ham borolmayapmiz. Vizani kutib, bir yilga yaqin umrim bekor ötdi».
700 nafar fuqaroga öquv darslari taşkil etilgan
Murojaatçilarning fikrlarini eşitgaç, ular suhbatimiz mobaynida tilga olib ötgan KOICA (Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi) iştirokida Toşkent şahrida taşkil etilgan Kasb-hunarga öqitiş markaziga bordik. Işsiz fuqarolarni kasb-hunarga öqitişga (kasbga tayyorlaş, qayta tayyorlaş) möljallangan mazkur muassasa rahbariyati taqdim etgan ma'lumotnomada qayd etilişiça, Özbekiston Prezidentining 2018 yil 5 iyuldagi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrda imzolangan qarorlariga asosan taşkil etilgan, ustav asosida faoliyat yurituvçi «Korean and migration xususiy bandlik agentligi» MÇJ şu yilning 18 fevral kuni markazga murojaat xati yozgan.
Unga asosan, mazkur ikki taşkilot örtasida «Çet ellarga vaqtinçalik mehnat faoliyatini olib boriş istagida bölgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijiy davlatlar madaniyati va tillari hamda işlab çiqariş kasblari böyiça qisqa muddatli öquv kurslarini taşkil etiş» yuzasidan ikkita hamkorlik şartnomasi imzolangan. 21 fevralda tuzilgan 1-sonli şartnomaga köra 500 nafar, 8 apreldagi 2-sonli şartnomaga asosan esa 200 nafar, jami 700 nafar fuqaroga 30 akademik soatlik (5 kunlik) öquv darslari taşkil etilgan.
«Koreya madaniyati va etikasi» kursi böyiça 12, «Diniy ekstremizm, missionerlik va odam savdosi holatlari oldini oliş» kursi böyiça 12, «Elektrotexnika, elektronika va avtomatlaştiriş», «Avtomobillarni ta'mirlaş va ularga texnik xizmat körsatiş», «Maşinasozlik işlab çiqariş texnologiyasi» tayyorlov yönalişlari öquv ustaxonalarida «Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi böyiça» 6 akademik soatlik öquv darslari ötkazilgan. Maşğulotlar fevral-may oylarida bölib ötgan.
Suriştiruv davomida agentlik rahbarlariga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani aniqlandi. IIV huzuridagi Tergov departamenti mas'ul xodimi Adhamjon Abdullayev agentlik faoliyatidagi holat böyiça ma'lumot berdi.
«Içki işlar vazirligiga fuqarolardan 2019 yil 4 yanvarda taşkil etilgan «Korean and migration xususiy bandlik agentligi» MÇJning mansabdor şaxslariga nisbatan köplab murojaatlar kelib tuşdi. Arizalar yuzasidan vazirlik huzuridagi Tergov departamenti tomonidan 10 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi, ya'ni «aldaş va işonçni suiiste'mol qiliş» yöli bilan özganing juda köp miqdordagi mulkini qölga kiritiş holati yuzasidan jinoyat işi qözğatildi.
Aniqlanişiça, fuqaro Qahramon O. va boşqalar «Korean and migration xususiy bandlik agentligi» MÇJni ta'sis etib, xorijda işga joylaştirişga kömaklaşiş niqobi ostida çet elda işlaş istagida bölgan fuqarolarga yolğon va'dalar berib, jamiyatga murojaat qilgan 645 nafardan ziyod fuqarolarning har biridan 27 million sömdan 32 million sömgaça bölgan pul mablağlarini jamiyat balansiga kirim qiliş yöli bilan jami 12 milliard sömdan ortiq pulni qölga kiritgan va uşbu mablağlarni şaxsiy manfaatlari yölida sarflab yuborişgan.
Jinoyat işi yuzasidan olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari davomida fuqarolarning mol-mulkini jinoiy tajovuzdan himoyalaş va «Korean and migration xususiy bandlik agentligi» MÇJning faoliyati şaffofligini örganiş maqsadida moliya-xöjalik faoliyati yuzasidan hujjatli taftiş tayinlandi.
Jamiyat direktori Qaxramon O., Musurmon A. va Odil K.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan ayblov e'lon qilinib, «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Hozirda mazkur jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda va natijasiga köra, qonuniy qaror qabul qilinişi ta'minlanib, jabrlanuvçilarga yetkazilgan zararni undiriş çoralari köriladi», deyiladi ma'lumotda.
Biz «Korean and migration xususiy bandlik agentligi» MÇJ xodimlari bilan suhbatlaşiş uçun firma binosiga ham bordik. Ammo bino eşigi qulflangan edi. Vaziyatni kuzatişda davom etamiz.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi