Rossiyaning Krasnoyarsk ölkasida damba yorilişi oqibatida 12 kişi halok böldi, 19 kişi jarohat oldi. Yana 13 kişining taqdiri noma'lumligiça qolmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
Voqea Kuraginsk tumanidagi oltin konining texnologik suv havzasi dambasi bilan yuz bergan. Damba öpirilgandan keyin sel oqib, konçilar yaşagan bir neça vagonçalarni oqizib ketgan.
Fojia mahalliy vaqt bilan soat 6lar atrofida yuz bergan.
Konda hammasi bölib 180 ga yaqin odam işlagan. Umumiy hisobda uçta töğon bölgan.
“Yomğir yoğgan, körinişiça, töğonlardan biri yuvilib ketgan. Yana bittasi yorilgan va qolgani zanjir bölib ketgan”, deb ma'lum qilingan xabarda.
Voqea joyida qidiruv-qutqaruv işlari olib borilmoqda.
Ölka gubernatori Aleksandr Uss vaziyatni öz nazoratiga olgan.

















