Keniyada dambaning öpirilişi oqibatida 48 kişi halok böldi, köpçilik bedarak yöqolgan, deb hisoblanmoqda. Bu haqda Standard mahalliy naşri ma'lum qildi. 

Avvalroq 38 kişi halok bölgani, 39 kişi jarohat olgani ma'lum qilingan. Naşrning ta'kidlaşiça, voqea sababli turar-joylar, maktablar va korxonalarga zarar yetgan. 

“Biz mahalliy aholini okrug va mamlakatning boşqa hududlariga yopirilgan kuçli yomğirlar sababli yuzaga kelgan toşqinlardan ogoh bölişga çaqiramiz”, deb aytgan mahalliy gubernator.

Subukia tumanidagi “Patel” dambasining öpirilişi 10 mayga ötar keçasi yuz bergan. Buning oqibatida bir neçta qişloqlar suv ostida qolgan. Avvalroq damba öpirilişi oqibatida kamida 2,5 ming kişi zarar körgani ma'lum qilingan. Mahalliy hokimiyat vakillarining aytişiça, damba hududida evakuatsiya va qidiruv-qutqaruv işlari olib borilmoqda.