Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Tojikistondagi damba yorilishi natijasida suv toshqini xavfi bo‘yicha o‘quv mashqlari o‘tkazadi
O‘zbekistonda Tojikiston hududidagi Sarez ko‘li dambasining yorilishi natijasida suv toshqini xavfi yuzaga kelganda aholini shartli evakuatsiya qilish bo‘yicha o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Buxoro viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 19-21 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo, Buxoro viloyatlari boshqaruv organlari hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi quyi xizmatlarining Tojikiston hududidagi Sarez ko‘li dambasi yorilishi natijasida suv bosish xavfi yuzaga kelganda aholini shartli evakuatsiya qilish tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha respublika miqyosidagi maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
“Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati mazkur tadbirlarni yoritish davrida aholi orasida vahima va tushunmovchiliklarning oldini olish, tadbirlar o‘quv mashqlari doirasida o‘tkazilayotganini tushuntirish maqsadida OAV vakillarini hamkorlikka taklif etadi”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:00 / 07.05.2026
To‘qqizta hududda sel kelish xavfi e’lon qilindi
09:15 / 04.05.2026
“Amallab chorvalarni olib chiqib ketdik” – sel kelgan Rapqondan reportaj
18:30 / 05.04.2026
Mahachqal’ada suv toshqini tufayli uch qavatli uy quladi
11:15 / 06.03.2026