Rossiyaning Krasnoyarsk ölkasida oltin konidagi dambaning yorilişi vaqtida Özbekiston fuqarosi, 1987 yilda tuğilgan Dişpod Abdujaparoviç Azimov bedarak yöqoldi. 

19 oktyabrda ölkadagi Seyba daryosida “Sibzoloto” kompaniyasi tarkibiga kiruvçi “Sisim” oltin qazib oluvçi artelining texnologik suv havzasidagi damba yorilgandi. 4-5 metrlik tölqin pastroqdagi tindirgiçlarni buzib yuborgan. Loy va toşdan iborat sel oqimi işçilar yaşagan ikkita yotoqxona va xöjalik inşootlarini yuvib ketgan.

Özbekistonlik artelda LW-500 yukortgiçi haydovçisi bölib işlagan. Şuningdek, yana 4 kişining taqdiri noma'lumligiça qolmoqda. 

Özbekistonning Moskvadagi elçixonasi uşbu masalani nazoratga olgani va Rossiyaning mutasaddi idoralari bilan iş olib borayotganini ma'lum qilgan.

Krasnoyarskdagi fojia 15 kişining hayotini olib ketdi, artelning 44 xodimi jarohat olgan, ulardan 9 nafari şifoxonada qolmoqda.