AQŞ Suriyaning şimoli-şarqidan Iroqqa IŞIDga qarşi kuraş uçun mingga yaqin harbiysini taşlaydi.
Bu haqda AQŞ mudofaa vaziri Mark Esper jurnalistlarga ma'lum qildi.
“AQŞ qöşinlarining Suriya şimoli-şarqidan olib çiqilişi davom etmoqda. Biz kunlar emas, haftalar haqida gapirmoqdamiz. Joriy reja uşbu kuçlarning Iroq ğarbiga köçirilişidan iborat”, deb aytgan Esper.
Jurnalistlarga Pentagonning yuqori lavozimdagi boşqa bir vakilining ma'lum qilişiça, vaziyat özgaruvçan va rejalar hali özgarişi mumkin.
9 oktyabrda Turkiya Suriya şimolida kurd otryadlariga qarşi harbiy amaliyot boşlagandi. Amaliyotdan maqsad Turkiya çegarasi uçun himoya kamari böladigan oraliq hudud yaratiş hisoblangan. Anqaraning rejasiga köra, bu hududga Turkiyadagi suriyalik qoçqinlar qaytişi mumkin.
13 oktyabrda Esper Turkiyaning amaliyoti sababli Suriya şimolidan mingga yaqin harbiy olib çiqilişini ma'lum qilgandi. 17 oktyabrda esa AQŞ va Turkiya Suriyada jangovar harakatlarni töxtatişga kelişib oldi.












