Erinmagan ham, puli bori ham şunday sun'iy döngliklarni örnatişadi. Afsuski, ularga yaqinlaşar ekansiz, birorta ogohlantiruvçi belgi yöq, qolaversa, har kim öz bilganiça nazoratsiz örnatgani bois, ayrimlari avtomobilning ötişiga ham qiyinçilik tuğdiradi.

Şunday vaziyat Namangan viloyatida ham kuzatildi. Pop tumanidan Töraqörğon tumaniga ketaverişda yöl quruvçilar deyarli har bir kilometr masofada şunday sun'iy notekisliklarni, asfaltdan barpo qilişganiga guvoh böliş mumkin. Bunday holat viloyatning Mingbuloq tumanida ham uçraydi. Yöl çetlarida esa, heç qanday ogohlantiruvçi belgilar közga taşlanmaydi.

Respublikaning boşqa viloyat, tuman va şaharlarida ham şu kabi holatga duç keliş şubhasiz. Umuman, aytiş mumkinki, Özbekiston böylab sun'iy notekisliklarni har kim öz bilganiça, mustaqil ravişda örnatişadi. Ularni tadbirkorlar, fermerlar, mahalliy aholi, ayrim mulozimlar, qisqasi imkoniyati va mablaği bor har kim amalga oşiradi.

Savol tuğiladi: uşbu sun'iy notekisliklarni örnatiş tartibi, ularning balandligi va boşqa jihatlarini nazarda tutuvçi me'yorlar mavjudmi? Bor bölsa, ular nimalardan iborat?

ÖzR IIV Toşkent şahar IIBB yuqoridagi savollarga oydinlik kiritdi.

Ma'lum qilinişiça, “Avtomobil yöllari ilmiy-tadqiqot instituti” unitar korxonasi tomonidan “Sun'iy notekisliklar. Umumiy texnik talablar. Qöllaş tartibi” deb nomlangan Özbekiston Respublikasi davlat standarti işlab çiqilgan. Uşbu standart GOST R 52605 (RF) asosida işlab çiqilgan bölib, Yaponiya, AQŞ, Finlyandiya, Daniya va Şvetsiya yöllaridagi ovoz çiqaruvçi yölaklardan foydalaniş tajribasi ham inobatga olingan. Hujjat Özbekiston Standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş agentligining 2019 yil 1 iyuldagi №05-1046-son qarori bilan tasdiqlangan.

Hujjatda termin va ta'riflar berilgan, sun'iy notekisliklarning turlari va ularning texnik talablari körsatilgan, şuningdek ovoz çiqaruvçi böylama yölak ta'rifi, nazorat usullari, şu bilan birga sun'iy notekisliklari bölgan yöl hududlarini yöl harakatini taşkil etiş texnik vositalari bilan jihozlaş va ularni qöllaş qoidalari taqdim qilingan.

Hujjatga köra, sun'iy notekislik – yöl qismida yöl öqiga perpendikulyar tarzda joylaşgan, tezlikni majburiy pasaytiriş uçun möljallangan maxsus balandliklar.

Sun'iy notekisliklar (SN) transport vositalari tezligini ruxsat berilgan 40 km/s körsatkiçgaça pasaytiriş uçun yöllarning alohida joylarda örnatiladi.