Assalomu alaykum, muhtaram yurtdoşlar!

Aziz döstlar!

Avvalambor, mana şu quvonçli ayyomda barçangizni azim poytaxtimizning markazida barpo etilgan, kuni keça işga tuşirilgan muhtaşam va uluğvor koşonada xuş kayfiyatda körib, qutlab turganimdan ğoyatda baxtiyorman.

Siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni tarixiy sana – özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining öttiz yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.

Ma'lumki, Özbekistonning zamonaviy qiyofasini yaqqol namoyon etadigan yangi bino va imoratlar bugun barça şahar va viloyatlarimizda köplab qad kötarmoqda. 

Albatta, ularning orasida “Toşkent-Siti” işbilarmonlik markazi alohida ajralib turadi.

Guvoh bölib turganingizdek, “Toşkent-Siti” markazi özining me'moriy qiyofasida şaharsozlik san'atining eng sönggi yutuqlarini, arxitektura, muhandislik va dizaynerlik borasidagi noyob va ulkan salohiyatni yaqqol mujassam etadi. 

Maydoni 80 gektardan iborat uşbu markazni qurişdan asosiy maqsad – zamonaviy, “aqlli şahar” barpo etiş, xalqaro, xorijiy va mahalliy bank-moliya tuzilmalari va investorlar uçun jonajon Vatanimiz, birinçi navbatda, gözal poytaxtimiz jozibadorligini oşirişdan iborat.

Biz Özbekiston taraqqiyotini yangi bosqiçga kötariş maqsadida işlab çiqilgan Harakatlar strategiyasini izçil amalga oşirayotganimizdan xalqimiz va xalqaro hamjamiyat yaxşi xabardor, albatta. “Toşkent-Siti” markazini barpo etiş ğoyasi ham, aynan öşa strategiya bilan bir paytda tuğilgan edi.

Özbekiston tajribasida birinçi bölgan şunday katta miqyosdagi va noyob loyihani amalga oşiriş uçun köp narsani yangitdan örganişimiz, tinimsiz izlanişga töğri keldi. 

Quriliş maydoni 1 million 600 ming kvadrat metrga teng bölgan yangi markazning 30 foizini uy-joylar, 30 foizini ofislar uçun binolar, yana 30 foizini savdo majmualari, 10 foizini mehmonxonalar fondi taşkil etadi. 

Barçangiz körib turibsiz, bugun bu hududda ulkan bunyodkorlik işlari jadal davom etmoqda. Nasib etsa, 2021 yilda quriliş işlari töliq yakunlanib, uşbu markaz xalqimizga va poytaxtimiz mehmonlariga xizmat qilişni boşlaydi.

Qisqaça aytganda, “Toşkent-Siti” markazi Özbekistonda quriliş va arxitektura sohasida taraqqiyotning yangi davri boşlangani, bu sohada biz köp narsaga qodir ekanimizni körsatadi, desak, ayni haqiqat böladi.