Hujjatdan maqsad özbek tilining xalq ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e'tiborini tubdan oşiriş, unib-ösib kelayotgan yoşlarimizni vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarga sadoqat, uluğ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalaş, mamlakatimizda davlat tilini tölaqonli joriy etişni ta'minlaş hisoblanadi.

Farmon bilan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Madaniyat vazirligi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Özbekiston Yoşlar ittifoqi, Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi va keng jamoatçilikning özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun – 21 oktabr sanasini «Özbek tili bayrami kuni» deb e'lon qiliş töğrisidagi taklifi ma'qullangan.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida xodimlarining umumiy çeklangan soni 9ta ştat birligidan iborat Davlat tilini rivojlantiriş departamenti taşkil etiladi va uning tuzilmasi ilovaga muvofiq (Özbekiston Respublikasi Boş vaziri, Departament mudiri, Davlat tilini rivojlantiriş va davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlari ijrosini monitoring qiliş bölimi mudiri, Atamaşunoslik va toponimik obektlarga nom beriş faoliyatini muvofiqlaştiriş bölimi mudiri, Davlat tilini rivojlantiriş masalalari böyiça boş mutaxassis, Davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlari ijrosini monitoring qiliş masalalari böyiça boş mutaxassis, Atamaşunoslik va toponimika sohasida qonun hujjatlari ijrosini monitoring qiliş masalalari böyiça boş mutaxassic va Toponomik obektlarga nom beriş masalalari böyiça boş mutaxassis) tasdiqlanadi.

  • Quyidagilar Davlat tilini rivojlantiriş departamentining asosiy vazifalari etib belgilangan:
  • davlat tilini rivojlantiriş, davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişi ustidan monitoringni amalga oşiriş, uşbu sohada jamoatçilik nazoratining samarali şakllarini joriy etiş;
  • davlat organlari va taşkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantiriş, davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişi ustidan davlat nazoratini taşkil qiliş böyiça faoliyatini muvofiqlaştiriş;
  • davlat tilining amal qilişi bilan boğliq muammolarni aniqlaş va bartaraf etiş yuzasidan, şuningdek, uni rivojlantiriş sohasida