“Ular boş prokuror ofisiga ötkaziliş uçun attestatsiya ötişdan özlari boş tortganlar. Ular qatoriga belgilangan şaklga muvofiq kelmaydigan ariza topşirgan prokurorlar ham kiradi. Ular qonunçilikka muvofiq işdan böşatiladilar”, deyilgan xabarda.

Şu bilan birga 11 mingdan köproq prokuror (barça prokurorlarning 96 foizi) belgilangan namunadagi arizani topşirgan.

25 sentyabrda Ukrainada boş prokuraturani isloh qiliş haqidagi qonun kuçga kirgan. Qonunda Maxsus aksilkorrupsion prokuraturadan taşqari, prokuraturaning qolgan xodimlarining qayta attestatsiyadan ötişi közda tutilgan.